So’nggi yangiliklar

13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  0 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  3 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  2 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  0 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  5 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  3 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  17 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0 08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  3 07:47“Реал“ мавсумнинг энг яхши футболчисини аниқлади  12

Murod Bobojonov: "Kerakli g'alabani qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Murod Bobojonov: "Kerakli g'alabani qo'lga kiritdik"

Oliy liga 6-tur doirasidagi “Mashal” – “Neftchi” (1:2) bahsidan so'ng bellashuvda dubl qayd etgan Murod Bobojonov o'yin haqida fikr bildirdi.

- G'alaba o'z o'zidan kelmaydi. Natijaga erishish uchun o'yingacha va bahs davomida qattiq mehnat qilish kerak bo'ladi. G'alaba qozonganimizdan xurmandman. O'yin borasida nima deyish mumkin ? Haqiqat ham qiyin o'yin bo'ldi. Bu g'alaba bizga juda kerak edi. Xudoga shukur, Muborakdan uch ochko bilan qaytyapmiz. Tezkor goldan so'ng maydonda hamma bir-birini qo'llab-quvvatlab oldinga chorladi. Hamjihatlikni hisobiga g'alaba qozondik.

- Murod, zahiraga olinayotgan paytingizda, maydonda biroz to'xtab qoldingiz va “Neftchi” futbolchilariga nimalardir gapirdingiz...?
- O'sha payt hisobda oldinda borayotgan edik. Yigitlarga bo'shashmaslikni aytib, bahsni g'alaba bilan tugatishlarini so'radim. “Bugun yutishimiz kerak” dedim.

- Raqib haqida nima deysiz ?
- “Mashal” yaxshi o'ynadi. Ularda ham gol kiritish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Biroq bugun omad biz tarafda edi.

- O'yinning eng yaxshi futbolchilaridan biri O'tkir Yusupov haqida qanday fikrdasiz ?
- Bugun O'tkir o'z ishini alo darajada uddaladi. Mazkur g'alabadan so'ng darvozabonimizni o'ziga bo'lgan ishonchi ortdi deb o'ylayman va navbatdagi bahslarda ham mana shunday o'yin ko'rsatishini tilab qolaman.

“Neftchi” matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика