Murabbiylar almashinuvi: kuchli beshlik tomonlarda nima gaplar?
04 iyu 2021 12:08
Yangiliklar
Murabbiylar almashinuvi: kuchli beshlik tomonlarda nima gaplar?
Bu faqatgina boshlanishi.
Anchadan beri yuqori ligalarda murabbiylar almashinuvi bu qadar ko'p bo'lmagandek tuyuladi, aslida esa, ushbu holat tez-tez uchrab turadi. Evropaning «kuchli beshlik» chempionatlarida sodir bo'layotgan o'zgarishlarni etiboringizga havola etamiz.
Angliya Premer ligasi...
• Nunu Eshpiritu Santu charchaganligi sababli «Vulverxempton»dan ketib qoldi, ammo u uzoq vaqt ish izlamasligi aniq: «Everton» portugaliyalik bilan Anchelottining o'rnini bosmoqchi.
• Frenk Lempard uchun hammasi oldinda, ammo hozircha top-klublarga bosh murabbiy etib tayinlanmasa kerak.
• Yurgen Klopp istefosi esa, «paysalga solinyapti».
Ispaniya La ligasi...
• Zinedin Zidan uni qo'llab-quvvatlashmagani sababli sovrinsiz mavsumdan so'ng, «Real Madrid»ni tark etdi. Raul esa «Kastilya» bilan CHempionlar ligasida g'olib chiqdi va endi Bundesliga klublaridan biriga bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilyapti.
• Karlo Anchelotti baribir Peresning taklifini qabul qildi va «Real Madrid»ga qaytdi.
• Asosiy savol: Ronald Kumanning taqdiri nima bo'ladi? «Barselona» bir qancha transferlarni amalga oshirdi. Aguero, Erik Garsiya, Emerson va tez orada Memfis Depay jamoaga olib kelinishi mumkin. Bu ishlarning boshida Kuman turgan bo'lsa ajab emas.
• Xose Bordalas «Xetafe»da muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lishi mumkin, ammo «Valensiya»ni tiriltirishga qodir.
• Diego Simeone «Atletiko»ning Ser Aleks Fergyusoni bo'lmoqchi.
Italiya A seriyasi...
• Antonio Konte «Inter» bilan chempionlik unvonini qo'lga kiritdi, ammo yangi sharoitlarda ishlashdan bosh tortdi. Uning o'rnini Simone Indzagi egalladi.
• Massimiliano Allegri yana «Yuventus»ga qaytdi. Turinliklar ECHL finallarini sog'inishgan. Ronaldu «jig'i biyron».
• Jennaro Gattuzo «Napoli» bilan CHempionlar ligasi yo'llanmasini boy berdi va endi «Fiorentina»ni boshqaradi. Neapol shahrida uning o'rnini Luchano Spalletti egalladi.
• Paulo Fonseka ham CHempionlar ligasini «nasiya»ga qoldirdi, klub rahbariyatining so'nggi umidi bo'lgan Evropa ligasining yarim finalida «Manchester Yunayted»dan qaqshatqich zarbaga uchradi. MYUni Evropa ligasida chempion qilgan Mour uning o'rniga keldi.
• Joze Mourinyu kutilmaganda Rimda paydo bo'ldi. «Roma» bilan yangi sahifalar yozmoqchi ekanligini takidlab, Italiyada chempion bo'lganini iddao qilishni ham unutmadi.
• De Dzerbi «Sassuolo»dan ketib, evrokuboklarning doimiy ishtirokchisi «SHaxtyor» klubiga o'tdi. U yangi jamoasini ko'tara olarmikan, shu savol ochiqligicha qolmoqda.
Germaniya Bundesligasi...
Bundesliganing kuchli oltiligidagi barcha jamoalar murabbiylarini almashtirishdi.
• Xans Diter Flik zaiflashgan «Bavariya»ni ajoyib tarzda qayta qurdi. Uning yangi manzili Germaniya terma jamoasi bo'ladi. Barcha rasmiyatchiliklar Evropa chempionatidan so'ng amalga oshirilishi kutilyapti.
• Yulian Nagelsmann va Jessi March RB tizimidagi ikkita istiqbolli va talabchan murabbiylardir, faqat birinchisi uni tark etib «Bavariya»ga bosh murabbiy bo'ldi, ikkinchisi esa, «Leypcig»ga ko'tarildi.
• Marko Roze «Borussiya Myonxengladbax»dan ketib, Dortmundning «Borussiya»siga o'tdi.
• Adi Xyutter Rozening o'rniga Myonxengladbax klubiga tayinlandi.
• Oliver Glasner «Volfsburg» bilan ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lsa-da istefoga chiqarildi. Endi u «Ayntraxt» bosh murabbiyi.
• Marko van Bommel «Volfsburg»da uning o'rnini egallaydi.
Franciya 1-divizioni...
• Rudi Garsiyaning shartnomasi tugadi, «Lion» Piter Bosh bilan kelishuvga erishdi.
• Kristof Galte «Lill» bilan chempionlikni qo'lga kiritdi, ammo klubning moliyaviy muammolari tufayli jamoani tark etmoqda. Agar istefoga chiqsa, grand klublardan takliflar, albatta, bo'ladi.
• Pochettino rahbariyat bilan janjallashdi va klubni tark etishi ehtimoli ham yo'q emas. Hatto «Tottenxem»ga qaytishi ham mumkin.
Evropa chempionati oldidan aksariyat klublarga yangi bosh murabbiylar tayinlanishi bejiz emas: turnir yakuniga etgach, futbolchilar transferi amalga oshiriladi va yangi jamoani qurish uchun etarlicha vaqt bo'ladi.
Zamonaviy futbol taktik kurashlarga boy bo'lib borar ekan, murabbiylar katta sahnaga chiqaveradi.
Humoyun Oripov tarjimasi
Fikrlar