Muqimjon Toshmatov: “Oldimda “Qizilqum” varianti bor”
20 jan 2014 10:32
Yangiliklar

Muqimjon Toshmatov: “Oldimda “Qizilqum” varianti bor”
Andijonlik futbolchining oxirgi yillarda faoliyatida biroz pasayish yuz bergandek go'yo.
O'z vaqtida Vadim Abramov qo'li ostida “Traktor”da porlagan Toshmatov keyinchalik u qadar faollik ko'rsata olmadi.
O'tgan yili Muqimjon Toshmatov birinchi liga ishtirokchisi “Kosonsoy”da faoliyat yuritgandi. Yaqinda futbolchi bilan uchrashib kelgusi rejalari xususida so'raganimizda quyidagicha javob oldik.
- Hozircha uyda dam olyapman. SHu bilan birga o'zim yakka tartibda shug'ullanib turibman. Nasib qilsa bu yil oliy liga jamoalarining birida o'ynashni niyat qilganman. Aniq takliflar yo'q. Lekin “Qizilqum”ning Toshkentdagi yig'iniga borib qo'shilishim mumkin. Hozircha birgina haqiqatga yaqinroq variant shu. Yana kim biladi deysiz... deya bu haqda aytib o'tadi Toshmatov.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar