So’nggi yangiliklar

02:38Супер ўйинда "Интер" "Барселона"ни тўхтатди ва ЕЧЛ финалига йўлланма олди!  764 01:42Шомуродовнинг ассисти уч очко олиб келмоқда: А Сериянинг 35-тур якунлари  0 01:09Фарҳод Нишонов: "Ўйиндан кўнглим тўлмади. Биринчи бўлимда ҳар томонлама ютқаздик"  0 00:53"Барселона"га қарши ўйиндан кейин "Реал" Анчелоттининг кетишини эълон қилади  2 00:21"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ажойиб таклиф бермоқда  0 23:43"Реал" Трентни деярли текинга олди. Бу Перес стратегиясининг навбатдаги ғалабаси (мутолаа учун)  0 23:14Айбек Нурбаев: "Бугунги мағлубиятга мен жавобгарман. Ўзгартиришларда хатога йўл қўйдим"  0 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  4 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  1 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0

Munosabat. Davron Fayziev "So'g'diyona"da qolishi shart! Yangiliklar

Munosabat. Davron Fayziev "So'g'diyona"da qolishi shart!

Kecha Davron Fayzievni o'z xohishi bilan ishdan ketish haqida ariza yozganligini o'qib, ochig'i ajablandik.
2014 yil qiyin vaziyatda jamoani, futbolchilar oldidagi lafzi tufayli tashlab ketmagan murabbiy, endi yangi stadionga ega bo'ldim deganida, unga chiqish eshiklarini ko'rsatishlari adolatdan bo'lmagan bo'lar edi.

"So'g'diyona" asosan mahalliy futbolchilar bilan mavsumga tayyorgarlik ko'rdi, bir yil avval ham yoshlarga tayanib o'ynagan klub moliyaviy qiyinchilik tufayli oliy ligada qolish yo'lida kurashdi. Statistikaga murojaat qilamiz. Jamoaning 10 nafar futbolchisi 1990 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilar. Fakt, fakti bilan bo'lsin, bular:

Jasur Hakimov - 1994 yil. 19ta o'yin
Bobur Qosimov - 1993 yil. 15ta o'yin.
Sanjar Rashidov - 1993 yil. 9ta o'yin.
Elyor Oripov - 1992 yil. 19ta o'yin.
Rustam Agzamov - 1992 yil. 23ta o'yin.
Asil Begimqulov - 1991 yil. 18ta o'yin.
Ayubxon No'monov - 1991 yil. 24ta o'yin.
Vusol Mageramov - 1990 yil. 20ta o'yin.
Suxrob Berdiev - 1990 yil. 24ta o'yin
Orif Mamajonov - 1990 yil. 20ta o'yin

Yana ikki nafar futbolchi esa zaxiradan maydonga tushgan.

Nodir Ibragimov - 1993 yil. 4ta o'yin.
Sardor Qahhorov - 1991 yil. 7ta o'yin.

Bilmaganlar bilib qo'ysin, "So'g'diyona" oliy ligada "Paxtakor"dan keyin eng yosh jamoa bo'lgan ikkinchi klub bo'ldi. "Paxtakor"ni o'rtacha yoshi 25.3, jizzaxliklarniki esa 25.6. Oliy ligada "So'g'diyona"dan keyingi o'rinni band etgan "Andijon" esa 26.7 yoshda. Maoshsiz va moddiy texnika bazasisiz, vitaminlar-u, to'yimli ovaqtlarsiz oliy ligani bir amallab tugatib olgan jamoadan nima talab qilish mumkin? O'yinlarga avtobusni arang topib yurgan klubdan-a?

2013 yil ham jamoa yoshlarga tayanib o'ynagan, 9 kishi. Faqat atrofda faxriylar ham bo'lgan, natija ham shunga yarasha, 10 o'rin.

Statistika odamni alday olmaydi. Bizga malum bo'lishicha, yangi stadionga ega jamoaga boshqa murabbiylar ko'z tashlagan. Axir bu adolatdan emas, mana nima uchun bizda futbol rivojlanmayapti. Pul paydo bo'lsa, unga ega chiqishni istab qoladigan murabbiylar hozir-u, nozir bo'lib qolishadi. Nima uchun pul yo'g'ida kelib, birga bo'lmading deydigan odam yo'q. Avvalo hammaga insofni o'ziga bersin. Fayzievga men 2014 yilni boshidayoq tan berganman. Qishgi yig'in doirasida "Obod" stadionida "Dinamo" - "So'g'diyona" o'yini bo'lib o'tadi. O'sha paytda "Dinamo"da Alisher Mahmudov. SHahboz Erkinov kabi futbolchilar ko'rikdan o'tishayotgandi. Ammo "So'g'diyona" mahalliy yoshlar bilan bir kalla ustun o'yin namoyish etgan. Bir kun o'tib, "Paxtakor"ni Italiyaga, "Kopa Karnavale" musobaqasiga ketayotgan eng kuchli yoshlarini, o'rinbosarlar tarkibi bilan 3:1 hisobda mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu shunchaki tasodifiy g'alaba emas, o'yindagi ustunlik ham edi.

Xullas, bu maqola hech qanday "zakaz" emas. Fayziev Jizzaxda, men Dubayda. Toshkentdagi muxbirlar ham u bilan bog'lana olmayapti.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика