So’nggi yangiliklar

07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  0 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  1 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  6 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  11 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  21 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2

Mundial rekordchilari. Faben Bartez Yangiliklar

Mundial rekordchilari. Faben Bartez

Futbol bo'yicha jahon chempionati Er yuzidagi eng katta sport musobaqasi hisoblanadi.

Bejizga o'zbek xalqi bir necha yildan beri O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatida ko'rishni istayotgani yo'q. Aksar terma jamoalarning aynan mundialdagi ishtiroki tufayli mamlakatda futbolga nisbatan munosabat tubdan o'zgargan. 

JCH-98da Franciya terma jamoasi g'olib chiqqanini ko'pchilik yaxshi eslasa kerak. Finalda Zidanning ikki bor bosh bilan gol urgani-yu, Franciya Braziliyani 3:0 hisobida mag'lub etgani jahon chempionatlari finallari orasida o'zgacha o'rin tutadi. 

O'shanda Franciya terma jamoasi darvozasini Faben Bartez qo'riqlardi. Bartez JCH uchrashuvlarida jami 17 bor maydonga tushib, shundan 10tasida gol o'tkazmagan. Bu rekord orqali u angliyalik Peter SHilton bilan bir o'rinda turadi. SHu bois ham Faben Bartez mundial rekordchilaridan biri hisoblanadi. 

Bartez Franciya futboli tarixidagi eng mashhur darvozabonlardan biri hisoblanadi. U uchta jahon chempionatida ishtirok etgan. 1998 yilgi mundialda bosh sovringa ega chiqqan bo'lsa, 2006 yil finalda o'ynagan. Aytib o'tganimizdek, u o'nta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. 


1971 yilda tug'ilgan darvozabon o'z terma jamoasi uchun 87ta o'yinda maydonga tushgan. Bartez shuningdek, Evro-2000da ham g'olib chiqqan, biroq JCH-2002da nafaqat u, balki butun Franciya o'z o'yinini namoyish eta olmagandi. 

Umuman olganda, JCH-98 Faben Bartez faoliyatidagi eng muhim musobaqa hisoblanadi. U ettita o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan atigi ikki bor gol o'tkazib yuborgan: Daniya (guruh bosiqichi) va Xorvatiya (yarim final) bilan o'yinlarda. Oradan to'rt yil o'tib murabbiylar yana Bartezga ishonch bildirishadi, biroq darvozabon faqat Urugvay bilan kechgan bahsdagina to'p o'tkazib yubormaydi. Franciyaga qarshi uchrashuvda Senegal 1:0, Daniya 2:0 hisobida g'alabaga erishadi va natijada francuzlar guruhda qolib ketishadi. 

Germaniyada bo'lib o'tgan JCH-2006da Bartez yana o'zini ko'rsatadi. U to'rtta o'yinda gol o'tkazmaydi. Franciya - SHveycariya 0:0, Franciya - Togo 2:0, Franciya - Braziliya 1:0, Franciya - Portugaliya 1:0. Lekin o'sha musobaqada Bartez jamoadoshlari beshta o'yinda gol o'tkazmagan Buffon jamoasi oldida final bahsida ojiz qolishadi.

- "Men har yakshanba kuni o'z oldimga bitta maqsad qo'yardim, - xotirlaydi Bartez o'yinchilik davrini. - O'zim maydonga tushadigan o'yinlarda gol o'tkazmaslik. Men hech qachon rekord ortidan quvmaganman, lekin jahon chempionatlarida o'nta uchrashuvda to'p o'tkazib yubormaslik katta natija". 

- "Hujumchilar to'pga zarba berishni yaxshi ko'rishadi, men esa qaytarishni. Ha, bizda ajoyib jamoa bor edi. Himoyada Loran Blan, Marsel Desayi, Lilian Tyuram, Biksent Lizarazyu kabi futbolchilar o'ynar ekan o'zingni ancha ishonchda his qilasan. To'g'ri, keyinchalik faxriylar o'rnini yoshlar egalladi: Vilyam Gallas, Villi Sanol, Erik Abidal kabi futbolchilar o'ynay boshlashdi. Ular ham zo'r edi, ammo men uchun qolsa JCH-98dagi himoya chizig'imizni tarixdagi eng kuchlisi bo'lib qoladi", - deydi Bartez himoyachilar haqida. 


Xo'sh, Faben Bartez uchun JCH-98dagi qaysi o'yin eng muhimi bo'lgan? Bu haqda franciyalik sobiq darvozabon shunday deydi:

- "CHorak finalda Italiyaga qarshi bahs eng qiyini bo'lgandi. O'yin penaltilar seriyasiga qadar borgandi. Demetrio Albertini zarbasini qanday qaytarganim hozir ham yodimda. Men odatda shunday o'ylayman: darvozabonlar noto'g'ri amalga oshirilgan penaltilarnigina qaytara olishadi".

- "Final esa o'z nomi bilan final. Menda Ronaldo iliq taassurot qoldirgandi. Uzoqdan kelayotgan to'plar darvozabon uchun noqulay hisoblanadi. Bundan chiqishni ham chiqmaslikni ham bilmay ikkilanib qolishing mumkin. Va bir soniyada qaror qabul qilishing shart. Agar o'sha vaziyatda Ronaldoning ustiga sakrab to'pni qaytarib yubormaganimda darvozamizga gol urishi mumkin edi. Lekin men umuman braziliyalik hujumchiga jarohat etkazish maqsadida sakramaganman, chunki Ronaldoni doim hurmat qilganman". 

X.Xoliqov tayyorladi. 



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика