So’nggi yangiliklar

11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  2 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  9 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  33

Mundial oldidan. Javohir Sohibov: "Sardor sifatida ishonchni oqlashga harakat qilaman" Yangiliklar

Mundial oldidan. Javohir Sohibov: "Sardor sifatida ishonchni oqlashga harakat qilaman"

Yoshlar terma jamoasi azolari yaqinda boshlanadigan jahon chempionati oldidan saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.
Jamoa sardori Javohir Sohibov jamoaning kuchiga ishonadi.

"Yaxshi niyatlar bilan jahon chempionatiga yo'l olganmiz. Yurtimizga yorug' yuz bilan qaytish asosiy maqsadimiz", - deydi ayni vaqtda Yangi Zelandiyada bo'lib turgan futbolchimiz.

"Panama bilan o'yin jahon chempionati oldidan so'nggi nazorat o'yini bo'ldi. Juda foydali uchrashuv va so'nggi tarkibni shakllantirishda kerak edi. Gondurasga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Panama ham bo'lajak raqibimizga o'xshash o'yin ko'rsatadi va shu bois aynan shu raqib tanlandi. O'zimizni o'yinimizdagi kamchiliklarni ko'rib olish uchun yaxshi imkoniyat bo'ldi".

"Yangi Zelandiyadagi birinchi kunlarimiz ajoyib o'tmoqda. Turli tadbirlar tashkil etilgan. Bu erda hozir qish mavsumi va futbol o'ynash uchun juda qulay ob-havo bo'lmoqda. Yaratilgan sharoitlar va stadionlar alo darajada tayyorlangan. Hozircha o'zimiz maydonga tushadigan maydonni ko'rganimiz yo'q. Odamlar futbolga nihoyatda qiziqishiga guvoh bo'lmoqdaman. Misol uchun Panama bilan o'rtoqlik uchrashuviga ham juda ko'p muxlislar tashrif buyurdi. Bu barchamizga yoqdi".

"Ob-havo va mahalliy vaqtga moslashib oldik. Xudo xoxlasa sardor sifatida ishonchni oqlashga harakat qilaman".
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика