So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  3 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  6 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

Mundial oldidan. Xurshid G'iyosov: "Maydonda birinchi raqamli jamoa bo'lamiz" Yangiliklar

Mundial oldidan. Xurshid G'iyosov: "Maydonda birinchi raqamli jamoa bo'lamiz"

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Yangi Zelandiyaga jo'nab ketdi.
Ketish oldidan futbolchilarimiz saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.

"Mana shu jahon chempionatida ishtirok etayotganimizdan juda ham xursandmiz. Osiyo chempionatida ham buni qo'lga kiritish oson bo'lgani yo'q. Har bir futbolchi bunday futbol bayramida ishtirok etishni orzu qiladi. Nasib bo'lsa yaxshi o'rinlar bilan yurtimizga qaytishga harakat qilamiz", - deydi Xurshid G'iyosov.

- Jahon chempionatiga tayyorgarlikdan ko'nglingiz to'ldimi? Qanchalik tayyorman deya olasiz?

- Ketma-ket tashkil etilgan shuncha yig'inlardan so'ng juda ham yaxshi tayyorganlik ko'rdik. Xorijda tashkil etilgan yig'inlar va nazorat o'yinlarida imkoniyatlarimizni baholab oldik. Qanchalik tayyor ekanligimizni endi maydonda ko'rsatgan o'yinimizdan bilib olamiz. Portugaliya, Urugvay yoshlari bilan bo'lgan o'yinlar juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Guruhda raqiblarimiz kuchli va bu o'yinlarni har biriga alohida ko'rsatma bilan maydonga chiqamiz.

- Yoshlar terma jamoasi jo'nab ketish oldidan murabbiylar va rahbariyat jamoa oldiga aniq bir vazifani qo'ydimi?

- Har bir jamoa chempionatda kubokni olish uchun boradi. Biz ham shu maqsadda boramiz.

- Bunga imkoniyatimiz etadimi?

- Nega etmaydi? Albatta etadi ! Bizni yoshlar ham hech kimdan kam emas. Biz himoyaviy o'yin ko'rsatmaymiz va birinchi raqamli jamoa bo'lamiz. Maqsadim mana shu jahon chempionatidan so'ng O'zbekistonga yorug' yuz bilan qaytishdir.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика