So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  25 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  2 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Mundial oldidan. Sardor Azimov: "Biz hech bir raqibdan qo'rqmaymiz" Yangiliklar

Mundial oldidan. Sardor Azimov: "Biz hech bir raqibdan qo'rqmaymiz"

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari Yangi Zelandiyaga jo'nab ketish oldidan saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jahon chempionatiga munosib tayyorlandik. Olib borilgan tayyorgarlik va mashg'ulotlar samarasini chempionatdagi o'yinlarda ko'ramiz. Birinchi marta bunday katta turnir oldidan turibman va shu bois hayajon bor. Buni inkor etmayman. CHempionatda yaxshi ishtirok etish va borimizni berib o'ynash asosiy maqsadimizdir", - deydi Sardor Azimov.

- Jahon chempionatida ishtirok etish uchun jamoaning salohiyati qay darajada etadi?


Hamma futbolchimiz tayyor va hamma bir bir uchun bitta jamoa bo'lib harakat qiladi. Ahil jamoamiz bor. Yarim finalga chiqishni uddalash kerak. Men bunga ishonaman.

- Raqiblar safidagi futbolchilar Evropaning top klublarida o'ynamoqda. Bu ularni kuchini baholamayapdimi?

Yo'q, bu tasir o'tkazmaydi. Yig'inlar davomida Portugaliya va Urugvaylar bilan nazorat o'yinlarini o'tkazdik. Albatta bu shunchaki nazorat o'yini lekin biz bu o'yinlarda ulardan ko'ra yaxshiroq o'ynadik deya olaman. Germaniya bo'lgani bilan ulardan qo'rib o'tirishga xojat yo'q. Hammamiz bir xil insonmizku. Oldingiga nisbatan umuman qo'rquv yo'qolib ketgan. Bu raqiblardan qo'rqmaymiz. Evropa futboliga ham o'rgandik.

- Jamoaning ruhiyatini borasida fikrlar qanday?

Hamma ruhan va jismonan tayyor. Xudo xoxlasa birinchi o'yinga to'la tayyormiz.

- Birinchi o'yin Gondurasga qarshi bo'ladi. Raqib jismonan juda baquvvat futbolchilarga ega. Bu ularga ustunlik berishi mumkinmi?

Birinchi o'yin hamisha qiyin bo'ladi. O'zimizga bo'lgan ishonchni ortishi uchun mana shu o'yin juda katta ahamiyatga ega va qiyinidir. Germaniya bilan ham o'yinga ishonch bilan tushamiz va pala-partishlikni ko'rmaymiz. Har bir chiziq raqobat bilan to'ldirilgan. Kim boshlang'ich tarkibda tushsa qolgan barcha futbolchilar uni qo'llab-quvvatlab turadi. Kim zaxiraan tushsa o'yinni kuchaytira oladi va jamoa uchun foydali bo'ladi. Hammasi jamoa uchun, hamma jamoa uchun.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика