So’nggi yangiliklar

22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  0 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 22:12Саудия Арабистонида бугун чемпион аниқланиши мумкин  0 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  2 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  5 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  7 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  6 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  8 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  2 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1

Mundial oldidan. Doston Tursunov: "Birinchi o'yin finalga teng" Yangiliklar

Mundial oldidan. Doston Tursunov: "Birinchi o'yin finalga teng"

Jahon chempionatiga jo'nab ketish oldidan terma jamoamiz azolari saytimizga o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.
"Avvalombor bizni qo'llab-quvvatlab turgan O'zbekistondagi millionlab muxlislarga , O'FFga minnatdorchilik bildiraman. Tayyorgarlikni maromida olib bordik. Yuzimiz yorug' bo'lib, sovrin bilan qaytmoqchimiz. Eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatamiz", - deydi terma jamoamiz azosi Doston Tursunov.

- Sovrinli o'rin uchun kurashadigan jamoaning tayyorgarligi shunga munosib bo'ldimi ?

O'FF mundialga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun barcha imkoniyatni yaratib berdi. Bir necha bor tashkil etilgan xorij yig'inlarida jamoa salohiyatini bilib oldik deb o'ylayman. O'quv-mashg'ulotlarida ko'plab nazorat o'yinlari orqali o'yinni shakllantirdik. Bolalarda tayyorgarlik va ruhiy holati juda ajoyib desak bo'ladi. Oldimizda so'nggi Panama bilan nazorat uchrashuvi bor va shu o'yin orqali so'nggi tayyorgarlikni ham ko'ramiz deya olaman.

- Jamoamizda sakkiz nafar himoyachi jalb etilgan. Bu jamoaning himoyaviy o'yin ko'rsatishidan dalolatmi?

Men unday o'ylamagan bo'lar edim. Agar to'rt nafar himoyachi bilan o'ynagan taqdirda ham har bir futbolchiga bitta raqobatdosh futbolchi bor. Futbolda hech narsani oldindan aytib bo'lmaydi. Agar jarohat yoki boshqa hodisa ro'y bergan taqdirda uni o'rnini to'ldira oldigan mos futbolchi jalb etilgan deb o'ylayman. Raqobat bo'lsa bu o'sishga katta yordamdir.

- Guruhdagi raqiblar imkoniyati qay darajada o'rganildi?

Yig'inlar davomida tashkil etilgan o'rtoqlik uchrashuvlariga etibor qaratadigan bo'lsak Germaniya misolida Portugaliya, Gonduras misolida Urugvay, Fiji misolida Yangi Zelandiya bilan nazorat o'yinlari tashkil etildi. SHu orqali raqiblar ham o'rganilib borildi. Hozircha hammasi ajoyib. Birinchi o'yin finalga teng. Biz bir jamoamiz va ijobiy natija ko'rsata olamiz.

- Germaniya futbolchilari Evropaning etakchi klublarida o'ynaydi.  Bu himoyachilarga katta muammo yuzaga keltiradimi?

Biz har qanday raqibga qarshi hujumkor o'yin ko'rsatamiz. Meni fikrimcha himoyaviy o'yin bizga to'g'ri kelmaydi. Raqib safidagi futbolchilar bizni cho'chita olmaydi.

- Yoshlar terma jamoamizning etakchilari "Bunyodkor" klubidan. Sizni esa "Neftchi"da asosan zaxira yoki yoshlar safida ko'ramiz. Bu chempionatda pand berib qo'yishi mumkinmi?

To'g'ri bu muammo bo'lmaydi deya olmayman. Bizda hamma etibor yoshi katta futbolchilarga qaratilmoqda. "Bunyodkor"da esa asosan yoshlarga etibor qaratilgan. 1995-1996 yilda tug'ilgan yoshlarga ishonch bildirmoqda va terma jamoamizga samara beradi. Jahon chempionatida ajoyib o'yin ko'rsatib xorij klublariga o'tishni kutayapman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика