So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  9 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  5 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  71 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Mundial oldidan. Abbosjon Otaxonov: "Maydonda nomlar emas futbol o'ynaladi" Yangiliklar

Mundial oldidan. Abbosjon Otaxonov: "Maydonda nomlar emas futbol o'ynaladi"

Yoshlar terma jamoasi azolari jahon chempionatiga jo'nab ketish oldidan saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.
"Albatta bizni oldimizda juda katta masuliyat turibdi. Bundan oldinga jahon chempionatida akalarimiz ham borib munosib ishtirok etib kelgan edi. Xudo xoxlasa o'z nomimizni tarixda qoldirish niyatimiz bor" , - deydi Abbosjon Otaxonov.

- Jamoa ko'plab yig'inlar o'tkazdi. Bu yig'inlar davomida terma jamoamiz asosan qanday uslubni tanlamoqda. O'yininglarda ko'proq qanday uslubni ko'ramiz ?

Himoyaviy o'yin ko'rsatmasak kerak. Bu borada murabbiy fikr bildira oladi. Bizga berilgan topshiriqni esa maydonga tushgan futbolchi bajarsa natijaga erishamiz. Har bir joy uchun ikkitadan munosib futbolchi olib ketilmoqda. Jarohat yoki kutilmagan tasodiflarni o'rnini munosibi to'ldira oladi.

- "F" guruhidagi jamoalar o'yinlari qanday taxlil qilib borilmoqda. Germaniya yoki Gonduras tarkibi bilan tanishdilaringmi ?

Guruhdagi har bir jamoani o'yini chuqur taxlil qilinmoqda. Germaniya va Gonduras haqida malumotlar etarlicha va kuchli raqiblardir. Agar etibor qaratadigan bo'lsak mana shu chempionatda bizning guruhda teng kuchli uchta jamoa o'rin olgan deya olaman. Fidji haqida esa ochig'i unchalik malumotga ega emasmiz. Asta sekin bilib olamiz deb o'ylayman. Asosiy raqib Germaniya va Gonduras.

- Evropaning top klubida o'ynayotgan hujumchilar O'zbekiston yoshlari himoyachilariga qarshi o'ynaydi. Bu esa himoya chizig'imizga juda katta masuliyat yuklaydi...

Buni his qilib turibmiz. Germaniya ham, Gonduras ham individual kuchli hujumchilarga ega. Bizni jamoa ulardan kam emas. Biz jon jahdimiz bilan o'ynab bu futbolchilarga o'yin bermaslikka harakat qilaman. Maydonda nomlar emas futbol o'ynaladi.

- Futbolchilarimiz olib borilgan tayyorgarlikdan qay darajada qoniqdi ?

Umuman olganda kamchiliksiz tayyorgarlik ko'rdik. Hamma sharoit etarli va buning uchun O'FFga minnatdorchilik bildiramiz. Yig'inlar tashkil etildi va munosib raqiblar bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazdik. Faqat natija ko'rsatish qoldi. Futbolchilarimiz o'z kuchiga ishonadi. Men finalga chiqishni kutayapman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика