So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  16 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  41 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

Mundial 2022. SHveycariya! Yangiliklar

Mundial 2022. SHveycariya!

SHveycariya!


Taxallusi – "qizil xochlar"

FIFA reytingida 15-o'rin.

Jahon chempionatiga o'n ikkinchi marta (1934, 1938, 1950, 1954, 1962, 1966, 1994, 2006, 2010, 2014, 2018, 2022) boradi.


G guruhi. Raqiblari: Braziliya, Serbiya, Kamerun.

1-tur, 24 noyabr. SHveycariya — Kamerun

2-tur, 28 noyabr. Braziliya — SHveycariya

3-tur, 2 dekabr. Serbiya — SHveycariya


Muvaffaqiyatlar


SHveycariya 7 marta guruhdan chiqqan va uch bor chorak finalga qadar etib borgan (1934, 1938, 1954).

"Qizil xochlar" JCH-1954 uchun mezbonlik qilgan.



SHveycarlarning ilk raqibi Italiya terma jamoasi bo'ldi. O'yin mezbonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Ammo, barchasi oson kechmadi.

O'yin hakami Mario Viana hisob 1:1 bo'lib turganda va bahs yakunlanishiga 15 daqiqa qolganda italyanlarning toza golini bekor qildi. U Benito Lorencida ofsaydni ko'rdi. Uch daqiqa o'tib esa musobaqa mezbonlari italyanlarga g'alaba golini urishdi. Viana turnirda ishlashdan chetlatildi va shu bilan bu voqea tugadi.




Angliyaliklarga esa imkoniyat boy berildi. Futbol vatani vakillari musobaqa mezbonlariga javobsiz ikkita to'p kiritgan holda, oson g'alabaga erishishdi.




Musobaqadagi vaziyat shunday ko'rinish oldiki, Italiya va SHveycariyada teng ochko bo'lib qoldi, bu esa g'olibni aniqlaydigan o'zaro bahs tashkil etishni nazarda tutardi.

Musobaqa mezbonlari 4:1 hisobida ishonchli g'alabaga erishishdi, shundan so'ng hakamga bo'lgan ayblovlar barham topdi.




SHveycariya chorak finalda Avstriya bilan to'qnash keldi.

Alp derbisi eng ko'p gol urilgan o'yin sifatida JCH tarixiga kirdi: SHveycariya avstriyaliklarni 19-daqiqada 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratayotgandi, ammo dahshat o'shanda boshlandi va o'yin Avstriyaning 7:5 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi!




Murabbiy va o'yin uslubi


Murat Yakin – futbol bo'yicha SHveycariya terma jamoasi bosh murabbiyi



Yakin "Yang Boyz"dan tashqari eslay olishingiz mumkin bo'lgan barcha SHveycariya jamoalarida ishlab chiqqan.

U 2014 yildan 2015 yilgacha Moskvaning "Spartak" jamoasida ishlagan.

Murak Yakin 2021 yilning 9 avgustida SHveycariya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Jamoa JCH-2022 saralashida turnirning finaliga yo'l olmagan Italiya terma jamoasidan ham o'tishdi.

SHveycariya terma jamoasi o'yin uslubi: 4-2-3-1, kamroq 4-3-3 (hujumkor).


Ispaniya bilan o'yindagi joylashuv


O'yin uslubi: raqibga qarab o'ynash, zich yuqori mudofaa.

SHveycariya juda yaxshi himoyalanadi. Ular top jamoalar bilan doim bir xil o'ynashadi – zich himoya, yuqori chiziq va doimiy pressing.


Har raqib raqib alohida qo'riqlanmoqda


SHveycarlar faol tarzda raqiblarni yolg'on pas bilan aldagan holda, engil krosslarni ishlatishadi.


Barcha xavfli pasga, yoki zarbaga ketmoqda


SHakiri birdan yo'nalishini o'zgartirdi va pasni jarima maydonchasiga kesib berdi


SHveycarlar doim "uchinchiga o'yin"ni ishlatishadi, bunda uchinchi ko'pincha Embolo bo'ladi. Bu raqib himoyasi zich o'ynayotganda samara beradigan taktika.




Terma jamoa etakchilari


Yan Zommer – ajoyib darvozabon



Uning bo'yi 183 sm, shu sabab bazan uzoqdan zarbalar uning darvoza to'riga borib tushadi. Ammo, uning chiziq ustida qilayotgan harakatlari aqlbovarqilmas.

Yan ajoyib reakciyaga ega, u jarima maydonchasida qo'rqmasdan o'ynaydi, hujumni qisqa pas yoki aniq yuqoridan uzatma bilan boshlaydi.

Zommer penaltilarda juda yaxshi harakat qiladi. U o'yindan oldin darvozabonlar murabbiyi bilan raqib o'yinini to'liq o'rganib chiqadi, jumladan penaltidan zarba berish harakatlarini ham.




Granit Jaka – granit.



Terma jamoa sardori.

Uzoqdan kuchli zarba bera oladigan va yaxshi uzun pasga egalik qiladigan tayanch hududidagi juda muhim o'yinchi.

Jaka to'pni olib qo'yish va pressingda yaxshi, u maydonda tez-tez qo'pol o'yinchi sifatida ko'rinadi, ammo bu buzuvchi sifatida ishining bir qismi.

Jaka o'zining sardorlarga xos jangovar xarakteriga ega. Granitni iqtidorli o'yinchi deyish qiyin, ammo uning mehnati va xohishi hozirgi cho'qqilarni zabt etishiga imkon bergan.




Rikardo Rodriges – dunyodagi eng universal o'yinchi.



SHakiri emas, Rodrigesni tanladik.

Rodriges – juda ham universal. U shunchaki ikki poziciyada o'ynamaydi, balki ularda ajoyib harakat qiladi. CHap qanot himoya hisoblangan Rodriges tez-tez vinger va hatto chap hujumchi poziciyasida ham o'ynagan. Bundan tashqari, u mudofaaning har qanday poziciyasida o'ynashi mumkin. Kimdir bunday futbolchini rad etadimi? Menimcha, yo'q.

U raqibni juda yaxshi o'qiydi – uni chuv tushirish qiyin. Jarima zarbalari va penaltini ajoyib ijro etadi. Yana ko'p narsalarni etirof etish mumkin – Rodriges barchasida yaxshi.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: mudofaa, darvozabon, psixologiya.

Zaif tomonlari: intizom, vaziyatlardan foydalanish, pleymeykerning yo'qligi.


Takrorlaymiz – SHveycariya juda yaxshi himoyalanadi. Top terma jamoalar bilan o'yinlardagi tajriba va mudofaadagi o'yinchilar darajasi "qizil xochlar"ga to'psiz qulay o'ynash imkoniyatini beradi. Buni tizim deyish mumkin. SHveycarlar murabbiydan qatiy nazar shunday uslubda o'ynashadi.

Zommer terma jamoa uchun ko'plab o'yinlarni yutib bergan. Evro-2020dagi muvaffaqiyatda uning ko'p xizmati bor. Yanning Qatarda ham o'z jamoasi uchun qahramonliklar qilishi istisno emas.

Psixologiya. SHveycariyadan chidamlilik bo'yicha ko'plab jamoalar, ayniqsa Serbiya o'rganishi kerak. Bu jamoaning kerakli natijani saqlab qolishi yoki aksincha – raqib darvozasi tomon bosim qilishi tahsinga sazovor. SHveycariya so'nggi yilda Ispaniya, Portugaliya va Franciyani mag'lubiyatga uchratdi. Francuzlar bilan o'yinda shveycarlar ko'rsatgan xarakter Evro-2020 tortidagi gilos bo'ldi.

Boshqa tomondan, bunday g'ayrat tez-tez intizom bilan bog'liq muammolarga aylanadi. Jaka, Froyler, SHakiri – bu uch yigit doim jamoani zaiflashtirishi mumkin bo'lgan sariq kartochka olishadi. SHveycarlarda keng zaxira bor deb bo'lmaydi, shu sabab sariq kartochkalar yig'ilib qolganda muhim o'yinchining yo'qligi jamoaga salbiq tasir ko'rsatishi mumkin, qizil kartochka holatida esa umuman.

SHveycarlar ko'p xavfli vaziyatlarni yaratishmaydi, undan Emboloning foydalanishi esa achinarli manzaradir. Unda birga bir vaziyatlar bilan katta muammolar bor, Seferovichning Breelga yutqazishi esa jamoada boshqa variantlarning yo'qligini bildiradi.

Jamoada pleymeyker yo'q. Bu rolni jamoada SHakiri bajaradi va bu yomon chiqmaydi, ammo uning asl poziciyasi o'ng qanot va shunga ko'proq moslashgan. SHveycariyaga o'zining Kevin de Bryuynesi kerak, shunday bu terma jamoa barchasiga qodir bo'ladi. Albatta, u kimga ham kerakmas)


Taxminiy tarkib:



Optimal variant.

Yagona savol – markaziy himoyachilar juftligi. SHer va Elvedidan tashqari Akanji bor. Yakinning qaysi juftlikni tanlashini taxmin qilish qiyin.

Forvard poziciyasida ikkilanish bo'lishi mumkin. Embolo – tezkorroq va qarshi hujumga yaxshi variant, Seferovich esa teng o'yinda kuchliroq. Bu erda raqib va maydondagi holatga qarash kerak.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика