So’nggi yangiliklar

19:11"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал учун Ўзбекистон таркиби маълум  0 19:05Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:1 (матнли трансляция)  189 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  1 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  44 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7

Mundial 2022. Serbiya! Yangiliklar

Mundial 2022. Serbiya!

Serbiya!


Taxallusi – "burgutlar".

FIFA reytingida 21-o'rin.

Jahon chempionatiga to'rtinchi marta (2006, 2010, 2018, 2022). Yugoslaviya terma jamoasining yutuqlarini hisobga olmaymiz.


C guruhi. Raqiblari: Braziliya, Kamerun, SHveycariya.

1-tur, 24 noyabr. Braziliya — Serbiya

2-tur, 28 noyabr. Kamerun — Serbiya

3-tur, 2 dekabr. Serbiya — SHveycariya


Muvaffaqiyatlar


Eng oxirgi, yani Rossiyadagi mundialni eslaymiz.

Qiziqarli tomoni shundaki, serblarning guruhi Qatarda ham deyarli oldingisidek bo'ladi. Yagona farq shundaki, 2018 yildagi Kosta-Rika o'rniga endi Kamerun.



Serblar turnirni Kosta-Rikaga qarshi o'yindagi g'alaba bilan boshlashdi: Kolarov 56-daqiqada jarima zarbasidan gol urgan holda Serbiyaga minimal g'alabani taqdim etdi.




Ikkinchi turdagi SHveycariyaga qarshi o'yin juda ham muhim edi. Mitrovich 5-daqiqadayoq Serbiyani oldinga olib chiqdi, ammo shveycariyaliklar ikkinchi taymda agressivroq o'ynashdi. Jaka 52-daqiqada hisobni tenglashtirdi, SHakiri esa 90-daqiqada g'alabni SHveycariyaga olib berdi. O'yindan so'ng ko'pchilik hakamlik va siyosiy ishoralarni ko'rsatgan shveycariyalik albanlarning harakatlarini muhokama qildi.




Serblar og'ir vaziyatga tushib qolishdi va Braziliyani mag'lub etishga to'g'ri keldi. Ammo, mo'jiza ro'y bermadi: Paulino va Tiago Silvaning gollari "to'p sehrgarlari"ga g'alabani taqdim etdi.




Serblar guruhdan chiqa olishmadi va turnirni tark etishdi. SHveycariyaga qarshi o'yin jamoaning JCHdagi taqdirini hal qildi, endi ular o'rtasidagi qarama-qarshilikni Qatarda kuzatish qiziq bo'ladi.


Murabbiy va o'yin uslubi


Dragan Stoykovich – Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi.



Dragan ajoyib futbolchi bo'lgan. U Yugoslaviyadagi eng yaxshi yarim himoyachilardan hisoblangan. Terma jamoada esa 84ta o'yinda 15ta gol urishga erishgan.

Draganning murabbiylik faoliyati ancha "ekzotik" ko'rinish olmoqda.

U o'yinchi sifatida yangi asr boshida 7 yil harakat qilgan Yaponiyaning "Nagoya Grampus" jamoasini 2008 yildan 2013 yilgacha boshqardi. Stoykovich yapon klubi bilan yaxshi natijalarga erishdi – chempionlik va superkubok.

2015 yildan 2020 yilga qadar esa Xitoy Superligasining "Guanjou Siti" jamoasi ustozi bo'ldi. Serbiyalik murabbiy bu erda katta muvaffaqiyatlarga erishmadi, ammo u haqida yomon gapirishmaydi ham. Jamoa o'z uslubiga sodiq edi va hujumkor futbol bilan muxlislarni xursand qildi. 30ta o'yinda 72ta to'p o'tkazib yuborish esa rekord hisoblanadi.

Stoykovich 2021 yilning 3 martida o'z tug'ilgan kunida futbol bo'yicha Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Serbiya uning qo'l ostida JCH-2022ga yo'l oldi. Buning uchun jamoa 90-daqiqada Aleksandar Mitrovichning golidan so'ng saralashning so'nggi o'yinida Portugaliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.


Yutuqlar va faktlar:

· J1 ligasi g'olibi: 2010

· Yaponiya Superkubogi: 2011

· J1'da yilning eng yaxshi menejeri: 2010

· Nishda yil sportchisi (2010)

· Serbiyada yil murabbiyi: 2016, 2021.


· 4-darajali CHiqayotgan Quyosh ordeni

· O'zini Arsen Vengerning izdoshi deb hisoblaydi

· 2005-2007 yillarda "Crvena Zvezda" prezidenti bo'lgan. Aytishlaricha, Stoykovich klub uchun kredit olib, 50 mln evro sovurgan va jamoani "o'n yillik kambag'allik"ga mahkum etgan.


Serbiya terma jamoasi o'yin sxemasi: 3-4-2-1.



O'yin uslubi: to'p yo'qotilganda pressing, maydon markazini nazorat qilish, cheksiz yuqoridan paslar.

Serblar havoda juda kuchli, ular gollarining asosiy qismini yuqoridan paslar yoki jarima maydonchasiga uzatilgan to'plardan so'ng urishadi. Etibor qaratsangiz, ular pasni zarba uchun emas, keyinchalik ortidagi sherigiga uzatish uchun berishadi, shu sabab bu tasodif emas, o'ylangan narsa.



Serbiya terma jamoasining butun saralashdagi asosiy goli shunday urildi: uzoqroq ustun yonida turgan Mitrovichga pas. Albatta, bu erda portugallarning ham xatosini aytish kerak, ammo serblar bu ishni ideal bajarishdi. To'p yonida bo'sh yurgan serbiyalik o'yinchi jarima maydonchasi ichidagi vaziyatdan chalg'itish vazifasini bajarmoqda.



Etibor qilganingizdek, Serbiya uch nafar himoyachi bilan o'ynaydi. Ularning darajasi Ivanovich va Vidichdek emas. SHu sabab hozirgidek mudofaada doim xatolar sodir bo'ladi.




Serbiya deyarli barcha gollarni o'yinchilarning xato joylashuvi yoki himoyachilarning xatosi sabab o'tkazib yuboradi.

Serblarda o'yinga o'zgacha yondashuv bor. Ular har qanday raqib bilan tengma-teng o'ynashga harakat qilishadi, ammo ularning uslubi ko'proq qarshi hujumni eslatadi. Serbiya markazda tezlikni pasaytiradi va raqibning himoyasini "qurolsizlantirishga" harakat qilib, ularni chekinishga majbur qiladi. Uslub muxlisbop emas, ammo o'rganish uchun qiziqarli. Bu ayniqsa Braziliyaga qarshi o'yinda qanday bo'lishi ko'proq qiziq.


Terma jamoa etakchilari


Sergey Milinkovich-Savich – markaz etakchisi.



Uni serbiyalik Pogba deb atashadi, sababi u barcha narsani qila oladi.

Uning bo'yi 1,91 metr, ammo shu bilan birga ajoyib texnikaga va egiluvchanlikka ega. U ajoyib pas bera oladi va maydonni zo'r ko'radi.

Sergeysiz nafaqat Serbiya, balki "Lacio" ham boshqacha bo'lgan bo'lardi.

Xavbek terma jamoada 34ta o'yin o'tkazib, 6ta gol urdi. Transfer narxi: 70 million evro.




Aleksandar Mitrovich – to'purar.



Yovich va Vlaxovichni terma jamoadan uzoqlashtiradigan futbolchi.

Serbiya tarkibida 73ta o'yinda 46ta gol. Juda ko'p.

Mitrovichda akulaning qonga bo'lgan instinkti kabi gol urish sezgisi ham rivojlangan. U doim to'p qaerda bo'lishini biladi, u bilan muomala qilishda va yakka kurashlarda yaxshi o'ynaydi.

Bu erda esa Mitrovichning qanday qilib Serbiyani JCHga yuborgani aks etgan:




Dushan Tadich – etakchi.



Tadich – Serbiyaning yuragi. U maydonda vaziyatlarning katta qismini yaratadigan muhim o'yinchi hisoblanadi, shuningdek maydonda etakchi sifatida jamoa psixologiyasiga ham tasir ko'rsatadi.

Tadich mukammal texnika va yuqori o'yin intellektiga ega.

U 33 yoshida mamlakat terma jamoasida 88ta o'yin o'tkazib, 18ta gol urishga erishdi.

Tadichning gollariban biri (sifati zo'r emas):




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: havodagi kurash, yakka kurashlar, oldindan taxmin qilish qiyinligi, paslar.

Kuchsiz tomonlari: mudofaa, psixologiya, beqarorlik.


Oldin aytganimizdek, serblar bosh bilan o'yinda yaxshi harakat qilishadi. Statistikaga ko'ra, ular havodagi 58% holatda g'olib chiqishadi, aqlbovarqilmas natija. Bu jamoaning o'yinidagi asosiy nuqta, sababi unda g'alaba qozonish serblar uchun juda muhim.

Serblar yakka kurashlarda ham yaxshi. Ha, erdagi ko'rsatkich unchalik zo'r emas – atigi 52%, ammo baribir ustunlik bor. Barcha o'yinchilar elka bilan o'ynashni bilishadi – ulardan to'pni olib qo'yish oson emas.

Oldindan aytib bo'lmaslik – individual sifatlarning natijasi. Serbiya o'yin mantig'idan chiqmagan holda o'zgacha yurishlarni amalga oshiradigan o'yinchilarga ega. Bu dunyo futbolida eng taqchil bo'lgan sifat, oldin shunday bo'lgan va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Bu Serbiyaga uncha taaluqli emas, kamida Milinkovich-Savich, Kostich, Vlaxovoich, Tadich, Durichich, Lukich yo'q vaziyatdan nimadir yaratadigan futbolchilardir.

Serbiyaliklar paslarda juda toza o'ynashadi. O'z yarim maydonidagi paslar aniqligi 94% – ajoyib natija. Raqibnikida esa 75%, bu ham juda yuqori. Uzun paslar aniqligi – 65%, zo'r.

Serblarning mudofaasi polyaklarnikiga o'xshash. Doimiy pozicion xatolar va xavfli vaziyat yoki golga olib keladigan himoyachilarning texnik "qovun tushirishlari". Serbiyaliklar ko'p to'p o'tkazishadi, ular himoyada qanday o'ynash kerakligini unchalik bilishmaydi.

Muhim o'yinlardagi xatolar – Serbiya terma jamoasining ananasi. Bu ular bilan doim sodir bo'ladi, katta turnirlarda ham, saralashlarda ham. Umid qilamizki, Stoykovich futbolchilarga ishonchni qo'shadi. Serbiyaga barqarorlik yaqqol etishmaydi, lekin natijani o'zgartirishi mumkin bo'lgan ko'plab mahoratli o'yinchilarga ega.


Taxminiy tarkib:



Deyarli teng tarkib. Ammo, ikkinchi hujumchi Mitrovich bo'lishi, maydon markazida esa bitta o'yinchi kam bo'lishi mumkin.

SHuningdek, Tadichning ikkinchi hujumchi bo'lib o'ynashi va Durichichni maydon markazidagi bitta o'yinchini almashtirgan holda, pleymeykerlik poziciyasida o'ynashini taxmin qilish ham mumkin.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика