So’nggi yangiliklar

11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  1 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  24 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  15 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  19 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  12 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  16 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  38 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6

Mundial 2022. Ispaniya! Yangiliklar

Mundial 2022. Ispaniya!

Ispaniya!


Taxallusi – "qizil furiya".

FIFA reytingida 7-o'rinda.

Jahon chempionatiga o'n oltinchi marta (1934, 1950, 1962, 1966, 1978-2022 barcha turnirlar) boradi.


E guruhi. Raqiblari: Germaniya, Kosta-Rika, Yaponiya.

1-tur, 23 noyabr. Ispaniya — Kosta-Rika

2-tur, 27 noyabr. Ispaniya — Germaniya

3-tur, 1 dekabr. Yaponiya — Ispaniya


Muvaffaqiyatlar


2010 yilning 11 iyuli ispan futboli tarixidagi eng yaxshi kun bo'ldi – "qizil furiya" ilk bor Jahon chempioniga aylandi.

Ispanlar Evropaning eng kuchli jamoasi hisoblangan holda, turnirning asosiy favoriti bo'lib JARga tashrif buyurishdi.



Ispanlarni guruh bosqichida Gonduras, CHili va SHveycariyaga qarshi o'yinlar kutayotgandi.

Start muvaffaqiyatsiz boshlandi – shveycariyaliklardan uchralgan minimal mag'lubiyat jamoani xato qilish huquqidan mahrum etdi.




Gondurasni yutish va imkoni bo'lsa yaxshi to'plar nisbatini yuzaga keltirish uchun yirikroq hisob bilan taslim etish kerak edi.

Katta hisob kuzatilmadi, ammo David Vilyaning dubli ishonchli g'alabani taminladi.




CHili bilan o'yinda ispanlarga faqatgina g'alaba kerak edi, raqiblarni esa durang ham qanoatlantirardi.

David Vilya 24-daqiqada raqib darvozabonining qo'pol xatosidan foydalangan holda hisobni ochdi, biroz o'tib Andres Inesta ustunlikni ikkitaga oshirdi. CHililiklar bitta javob golini urishga erishishdi, ammo undan ortig'ini qila olishmadi, shunga qaramay, ikki jamoa ham pley-offga chiqdi.




Ispanlar 1/8 finalda Portugaliyani 1:0 hisobida mag'lub etishdi.

Abadiy raqibga qarshi o'yindagi g'alabani Vilyaning navbatdagi goli taqdim etdi.




CHorak final qurboni Paragvay bo'ldi – yana David Vilya gol urdi.




Ispanlar yarim finalda Germaniyani minimal hisobda taslim etishdi. Bu safar yagona golga Karles Puyol mualliflik qildi.




Niderlandiya bilan finaldagi kurash butun turning eng yorqin o'yini bo'ldi.

Ikki jamoa ham g'alaba uchun imkoniyatlarga ega edi, ammo ulardan biri omadliroq va kuchliroq bo'lib chiqdi.

Overtaymlardagi Inestaning afsonaviy goli Ispaniyaga jahon chempionligi titulini taqdim etdi.




Murabbiy va o'yin uslubi


Luis Enrike – Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.



Enrike – o'yinchi sifatida katta muvaffaqiyatlarga erishgan kam sonli murabbiylardan biri.

Luis murabbiy bo'lishidan oldin "Real"da 5 yil va "Barselona"da 8 yil o'ynashga ulgurgan.

Umuman olganda, Luis ko'p qirrali inson. Futbolchi faoliyatini yakunlaganidan so'ng bir qancha vaqt syorfing bilan shug'ullangan holda Avstraliyada yashadi. U shuningdek Nyu-York (2005), Amsterdam (2006), Florenciya (2007) va Marokashdagi qumli marafonda ishtirok etdi. Triatlon bo'yicha Ironman European Championship Evropa chempionatida qatnashdi.

U murabbiylik faoliyatini "Barselona B"da boshladi va uch yildan so'ng "Roma"ga borib, muvaffaqiyatsiz natijalar sabab bir mavsumgina ishladi.

Luis Enrike 2014 yilning 19 mayida "Barselona" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Birinchi mavsum ancha muvaffaqiyatli keldi – jamoa trebl qayd etdi. Ammo, shundan so'ng jamoaning natijalari tushib ketdi va murabbiy 2017 yilning 2 martida shartnomani uzaytirmasligini elon qildi.

Luis Enrike 2018 yilning 9 iyulida futbol bo'yicha Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. SHartnoma 2 yilga tuzilgan edi. Ammo, u 2019 yilning 19 iyunida qizining o'limini boshdan kechirgan holda, "shaxsiy sabablarga ko'ra" terma jamoa bosh murabbiyligini rasman tark etdi.

Enrike oilaviy fojiadan qutulgach, Moreno boshchiligida saralashdan o'tib Evro-2020ga yo'l olgan milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga qaytdi.

"Qizil furiya" turnirda yarim finalga qadar etib bordi va unda Italiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida yutqazib qo'ydi, bu jamoaning 2012 yildan beri eng yaxshi natijasi bo'ldi. Qizig'i, ilk bor Ispaniya terma jamoasining qaydnomasiga Madridning "Real" jamoasidan biror bir futbolchi kiritilmadi.

Ispaniya terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-3-3 (hujumkor).



O'yin uslubi: bo'g'ib tashlaydigan darajada to'pni nazorat qilish, kutilmagan zarbalar va juda xavfli hujum qanotlari.

Birinchi ko'zga tashlanadigan narsa – zarbalar soni. Ispaniya o'z paslari bilan raqibni aqldan ozdirishni to'xtatdi va ko'proq zarba berishni boshladi.

Raqibni shoshirib qo'yadigan ko'plab kutilmagan zarbalar berila boshlandi.






Albatta, bu majburiy chora, chunki uning ildizi har qanday vaziyatda ham o'yinni keskinlashtira oladigan Xavi va Inesta kabi futbolchilarning yo'qligidan kelib chiqadi. Ammo, Enrikening buni qabul qilib, jamoaning hujumda o'ynashini biroz osonlashtirgani muhim.

Va Ispaniya o'zining sevimli o'yin uslubidan voz kechdi deb aytib bo'lmaydi.

Pas va to'pga egalik qilish – hali ham ispan futbolining asosiy jihati. O'rtacha 71% to'p Ispaniyada bo'ladi, har bir o'yinda 650-700ta pas beriladi va ularning katta qismi raqib yarim maydonida.

Ispanlar kengroq harakat qiladigan niderlandiyaliklardan farqli ravishda hujum paytida markaziy hududni ko'proq "qiynashadi".



"Qizil furiya" raqib mudofaasini jalb qilgan holda hujumning bir qanotidan keskinlikni hosil qilishadi va o'yinchi to'satdan qarama-qarshi yo'nalishda to'pni qabul qilishga tayyor turgan jamoadoshiga to'pni oshiradi.






Markaziy himoyachilar orasidan qochib ketish hech qaerga ketgani yo'q.





Ispaniya terma jamoasi 2008-2010 yildagi namunasiga o'xshashga harakat qiladi, ammo hozirgi imkoniyatlari biroz cheklangan.


Terma jamoasi etakchilari


Gavi – deyarli Xavi.



18 yoshli vunderkind butun qirollikning terma jamoa yorqin kelajagi uchun umidini o'zida jo qiladi.

Gavi terma jamoada 12ta o'yin o'tkazishga, shuningdek "Barselona" etakchilaridan biri bo'lishga ulgurgan.

Yarim himoyachi aqlbovarqilmas ish qobiliyatiga va ajoyib o'yin intellekti bilan ajralib turadi va bu biroz Xavini ham eslatib yuboradi.

Gavi shu yili Evropaning eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topildi.

Gavining yana ko'p marta JCHda o'ynashiga shubha yo'q.




Pedri – deyarli Inesta.



Katta umidlar qilinayotgan Ispaniyaning yana bir "tillasi".

Gavining 19 yoshli sherigi allaqachon katta turnirlarda o'ynash bo'yicha tajribaga ega – u o'tgan yili Ispaniya terma jamoasi tarkibida Evroda o'ynagan. SHunchaki o'ynagan emas, balki porlagan. Futbolchi bronza medalidan tashqari turnirning ramziy jamoasidan o'rin oldi va butun musobaqaning eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topildi.

Pedri hamma joyda shay. U maydon markazidagi katta hududni yopib, mudofaada ham, hujumda ham harakat qiladi. Qolaversa, yosh yigit hujumni oldinga boshlashda ajoyib harakat qiladi, maydonni zo'r ko'ra oladi va o'yinni kuchaytirishni yaxshi uddalaydi.

Pedri terma jamoada 14ta o'yinda harakat qildi, ammo eng asosiysi hali oldinda ekanga o'xshaydi.




Pablo Sarabiya – sezilmas qahramon.



Sarabiya terma jamoada 27 yoshga kelib debyut qildi, ammo bu haqda hozir hech kim eslamaydi ham.

PSJ vingeri nihoyat milliy jamoada imkoniyat oldi va endi uni qo'yib yubormaydiganga o'xshaydi.

U Enrikening o'yin sxemasiga ajoyib tarzda mos keladi, sababi unga markazda o'ynay oladigan qanot futbolchisi kerak. Qiziq, ammo Pablo yaxshi tarzda o'zini ko'rsatdi va endi uning asosiy tarkibdagi joyi shubhalarni uyg'otmaydi.

U ikki oyoqda ham ajoyib o'ynaydi va bu uning driblingini oldindan taxmin qilib bo'lmaydigan qiladi.

Sarabiya terma jamoada 24ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishgan.


Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: imkoniyatlar, poziciya kuchi, kreativ, qanotlardagi o'yin.

Zaif tomonlari: etakchining yo'qligi, mudofaadagi muvaffaqiyatsizlik, bosim.


Bu fikrga qarshi chiqadiganlar ham yo'q emas, ammo Ispaniya Evropaning eng kuchli jamoasi va JCHda Janubiy Amerika jamolari bilan asosiy raqobatni tashkil etadigan jamoa. Ular o'tgan yili Evroda ajoyib o'yin ko'rsatishgan edi, hozir esa yanada, ayniqsa maydon markazida kuchayishgan. Ispanlarda juda yaxshi avlod rivojlanmoqda. Birozdan so'ng ularning ilk qadamlarini ko'ramiz.

Ispaniyaning to'p bilan o'yinni nazorat qilishi ko'pchilikka yoqadi. Maydon markazida to'pni nazorat qilishdan ko'ra yaxshirog'i yo'q, sababi bu butun o'yinning nazoratini anglatadi. Ispaniyada barcha malum bo'lgan o'ziga xos o'yin uslubi mavjud, ammo shunga qaramasdan, ularga qarshi o'ynash haligacha o'ta qiyin.

"Qizil furiya" so'zsiz eng kreativ terma jamoalardan. Agar jamoaviy kreativlik haqida gapirsak, ispanlar bu borada eng zo'ri. Yuqori darajadagi jamoaviy intellekt va birdamlik ispanlarga shedevr gollarni taqdim etadi. Oldin bular Xavi. Inesta, Santi Kasorla, Fabregas, David Silva va Xabi Alonso bo'lgandi, hozir esa Gavi, Pedri, Soler, Torres, Asensio, Olmo va Sarabiya. Albatta, nomlar biroz boshqacharoq, ammo raqiblar fonida u hali ham tahdidli ko'rinadi.

Ispanlar qanotlarda ajoyib o'ynashadi. Qizig'i shundaki, ular ko'plab jamoalardan farqli ravishda, son ustunligini tashkil qilgan holda qisqa paslar bilan o'zlariga ustunlik yaratishadi.

Ko'pincha ular raqib himoyasini o'ziga jalb qilish va to'pni qarama-qarshi qanotga o'tkazish uchun jarima maydonchasi chetida chalg'ituvchi harakatlarni amalga oshirishadi.

Ispanlarga kim etishmasligiga kelsak, bu maydondagi etakchi. Oldin ular etarli edi – Puyol, Ramos, Kasilyas, Xabi Alonso va hatto Xavi. Hozirda bu bilan muammo bor. Enrike uchun asosiysi jamoaga Ramosni qaytargani bo'ldi. U jamoaga maydondagi himoyachi, ruhlantiradigan va kerak bo'lganda so'kadigan etakchi sifatida juda ham kerak. Bundan tashqari, Ramos g'alaba tamini hammadan ko'p biladi va u o'z tajribasi bilan jamoaga katta yordam beradi.

Ispaniyada doim mudofaada muammolar bo'lgan. Albatta, doim xatosiz o'ynashning imkoni yo'q, ammo "qizil furiya" buni hozir ko'p qilmoqda. Gap doimgidek jamoaning himoya chizig'ini izdan chiqaradigan qarshi hujumlarda. Bu muammoni echishning imkoni yo'q, ammo markaziy yarim himoya chizig'ini qayta qurib, xavfni minimallashtirishga harakat qilish mumkin. Biroq, bu ispanlar uchun juda ham kerak bo'lgan hujumkor o'yinga tasirini o'tkazadi. Faqatgina Pedrining ushbu turnirni o'tgan yilgi Evrodek o'tkazishiga umid qilish qoladi, Gavi esa unga bu borada yordam beradi.

Ispaniyani doim nohaq tanqid qilishadi. So'nggi 15 yilda ispanlardan faqat g'alaba kutishadi, ammo odamlar ko'plab jamoalar futbol o'ynashni o'rganib olgani va ular doimiy ravishda rivojlanayotganini esdan chiqarishmoqda. Bundan tashqari, hech kim har qanday jamoada ro'y beradigan avlodlar almashinuvini bekor qilmagan. Eng yorqin misol – Evro-2020, ispanlar unda turnirdagi eng yaxshi futbolni ko'rsatishdi, ammo penaltilar seriyasida Italiyaga imkoniyatni boy berishdi. Terma jamoaga ko'plab tanqidlar bo'ldi, ammo muvaffaqiyatsiz JCH-2018dan so'ng deyarli hech kim o'yin darajasi yuqorilaganini qayd etmadi.


Taxminiy tarkib:


4-3-3 sxemasi.



Darvozabon: Simon.

Himoyachilar: Gayya – Ramos – Pau Torres – Aspilikueta.

Yarim himoyachilar: Pedri – Rodri – Gavi.

Hujumchilar: Sarabiya – Morata – Torres.


Ispaniyada juda ko'plab bahsli poziciyalar bor, ayniqsa mudofaada. SHu sabab bu chiziqni oldindan taxmin qilish qiyin.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика