So’nggi yangiliklar

11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  4 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  30 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3

Mundial 2022. Angliya! Yangiliklar

Mundial 2022. Angliya!

Angliya!


Taxallusi – "uch sherlar"

FIFA reytingida 5-o'rin.

Jahon chempionatiga o'n oltinchi marta (1950-1970 barcha musobaqalar, 1982, 1986, 1990, 1998-2022 barcha musobaqalar) boradi.


B guruhi. Raqiblari: Uels, AQSH, Eron.

1-tur, 21 noyabr. Angliya — Eron

2-tur, 25 noyabr. Angliya — AQSH

3-tur, 29 noyabr. Uels — Angliya


Muvaffaqiyatlar


JCH-1966 yildagi sovrin – ingliz futbolining eng katta yutug'i.



Angliyaliklarga juda qiyin guruh tushdi – Meksika, Urugvay va Franciya.

Musobaqani ikki karra Jahon chempionlari bo'lmish Urugvay bilan boshlashga to'g'ri keldi.

O'yin ikki tomonga ham kerak bo'lmagan nursiz durang bilan yakunlandi.




Keyingi Meksikaga qarshi o'yinda so'nggi tur oldidan o'zini og'ir holatga tushirib qo'ymaslik uchun faqatgina g'alaba kerak edi.

37-daqiqada Bobbi CHarlton 30 metr masofadan darvozani ishg'ol qildi. Rojer Xant esa 75-daqida ustunlikni oshirib, o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi.




Angliyaliklar guruh bosqichini o'zlarining ashaddiy raqiblari bo'lmish Franciyaga qarshi o'yin bilan yakunlab qo'yishlari kerak edi.

Franciyaga faqat g'alaba kerak edi, shu sabab ular agressivroq va tavakkalroq o'ynashdi, angliyaliklar esa bundan foydalanib ketishdi.

Rojer Xant o'z uyidagi JCHda ikkinchi va uchinchi gollarini kiritdi va shu tariqa o'z termasiga g'alabani taqdim etdi va francuzlar chemodanlarini yig'ishlariga sabab bo'ldi.




Futbol vatani vakillarini 1/4 finalda Argentina bilan o'yin kutayotgan edi.

Yuqoridan uzatilgan to'p orqali darvozani ishg'ol qilgan Jeffri Xerst Angliyaga minimal g'alabani taqdim etdi.




Final yo'lidagi so'nggi to'siq buyuk Eysebioning Portugaliya terma jamoasi bo'ldi.

O'yin teng kurashlar ostida o'tdi, g'alabani esa mudofaada kamroq xato qilgan qo'lga kiritdi.

Bobbi CHarltonning dubliga portugaliyaliklar Eysebioning bitta goli bilan javob bera olishdi. 2:1 – Angliya finalda.




Angliya – GFR – ingliz futboli tarixidagi eng asosiy o'yin eloni.

Xelmut Xaller o'yinning 12-daqiqasida nemislarni oldinga olib chiqdi, ammo Jeffri Xerst 18-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Keyinchalik Martin Piters katta sahnaga chiqdi va Angliyani oldinga olib chiqdi, ammo shundan so'ng 90-daqiqada so'nggi hujumlaridan birida gol urib, nemislar hisobni tenglashtirishdi.

Asosiy vaqtlarda g'olib aniqlanmadi, overtaymlarda esa Jeffri Xerst dubl qayd etib Angliyani futbol bo'yicha Jahon chempioni qildi. Ilk va so'nggi bor.




Murabbiy va o'yin uslubi


Garet Saytgeyt – Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi.



Sautgeyt 2013 yilda Angliya yoshlar terma jamoasini qabul qilib oldi. U jamoa bilan Evro-2015ga chiqdi va angliyaliklar unda hatto guruhdan ham chiqa olishmadi.

Sautgeyt Sem Ellardaysning istefosidan so'ng 2016 yilning sentyabrida Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va ko'p o'tmay bu lavozimga tasdiqlandi.

Angliyaliklar Sautgeyt qo'l ostida Rossiyada o'tgan Jahon chempionati uchun saralashni muvaffaqiyatli o'tkazishdi va asosiy musobaqada 28 yil ichida ilk bor yarim finalga qadar chiqishdi.

Sautgeyt 2018 yilning dekabrida Angliya futbol associacisi tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Sautgeyt Angliya futboli oldida qilgan xizmatlari uchun Britaniya imperiyasining ordeni bilan taqdirlandi.

U Angliya futbolida mamlakat terma jamoasida o'yinchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham 50dan ortiq o'yin o'tkazgan yagona insonga aylandi.

"Unda kamdan-kam uchraydigan hissiy intellekt bor", – deb yozdi The Guardian kolumnisti Jon Greys. Sport psixologi Maykl Kolfildning so'zlariga ko'ra, Sautgeyt rahbariyatining uslubi "o'zi, o'yinchilari va xodimlari o'rtasidagi aqlbovarqilmas darajadagi ishonchga asoslangan". "U nafaqat o'z o'yinchilariga ishonadi. Ammo, adolatli, muvozanatni saqlaydigan va ularni o'z harakatlari uchun masuliyatni bo'ynilariga olishlariga undaydi. U insonlardek ularga g'amxo'rlik qilayotgandek ko'rinadi. U nafaqat jamoani, balki xalqni ham ruhlantirdi", – deydi Kolfild The Guardian'ga.

Angliya terma jamoasi o'yin sxemasi: 3-4-2-1, yoki 4-2-3-1.



O'yin uslubi: imkon qadar tez va oson, yuqoridan ko'plab paslar va zarbalar. Boshqacha qilib aytganda – "ur-tep" va qo'lingdan kelsa alda.

Angliyaliklar urishda, yuqoridan pas berishda va yugurishda davom etishmoqda, ammo buni yaxshiroq qiladigan bo'lishdi – aniqroq tepishmoqda, yuqoridan ayorroq pas berishmoqda, tezroq yugurishmoqda. Sautgeyt jamoani birinchi raqamli bo'lib o'ynashga majburlamaydi, ammo to'g'risini aytganda, buning uchun imkoniyat ham yo'q, shu sabab Angliya ko'pinchi raqibga tashabbusni beradi. Aytgancha, qiziqarli jihat – Angliya barcha havodagi kurashlarning 49%ni yutadi, shu sabab ular buni masuliyatliroq bajarishni boshlayotganlarini ko'rish mumkin. Bu haqda keyinroq.

Angliyaliklar pasga qanday tayyorlanayotganliklariga etibor qarating. Markaziy hudud deyarli bo'sh.



Qanotdagi harakat ikki angliyalikni jarima maydonchasi chizig'idan chekinishga va to'pni qaytarish chizig'iga o'tishga majbur qildi.



Yuqoriga pas berish bilan ikkinchi to'lqin uchun uzoq burchakka bir o'yinchi qo'shilmoqda.



Inglizlar qarshi hujumlarda katta kuchlarini sarflagan holda yugurishadi. Bu borada ular tez va bunday holatlarda o'tkir harakat qiladigan daniyaliklarni juda eslatib yuborishadi.




Angliya termasining asosiy farqlaridan biri – individual harakatlarning yuqori darajada muhimligi. Sterling, Keyn, Foden... umuman, bu erda barcha o'yinni o'z zimmasiga olishi, aldashi, agar yaxshi g'oya deb hisoblasa, urishi ham mumkin.

Bu erda muvaffaqiyatli chiqdi.




Bu erda esa yo'q.



Bu erda esa raqibda son jihatdan ustunlik bo'lmasa-da, mudofaada parokandalik.



Qaytgan to'pga zarba va gol. Bunga qadar jarima maydonchasiga uzatma bo'lgan qiziqarli variant bo'lgandi, ammo bu endi unchalik muhimmas.



Bu vaziyatda esa angliyalik himoyachining harakatlari jumboqligicha qolmoqda. Bu erda hujumni rivojlantirish uchun bitta variant bor edi, ammo u raqibini qo'yib yubormoqda.




SHu sabab yopishga ulgurmay qoldi.



Terma jamoa etakchilari


Xarri Keyn – millat umidi.



Keynni so'nggi o'n yillikda Angliya futbolidagi asosiy shaxs deb aytish mumkin.

Xarri faoliyatining eng qizg'in pallasida, shu sabab muxlislar o'z sardorlaridan faoliyatidagi eng yaxshi ishtirokni kutishadi.

Keynning terma jamoadagi 75ta o'yinda 51ta gol urgani ko'p narsadan dalolat berib turibdi.

Oxirgi paytlarda u maydon markaziga to'p uchun tushgan holda ko'proq pleymeykerga aylandi. Ko'ramiz, Xarri o'z iqtidoridan yana qaysi jihatlarni ko'rsatadi.


Rahim Sterling – tezlik.



Sterling – Angliya terma jamoasi keskinligining bosh manbasi. U chap qanotdan va tezlik olgan holda markaziy hududga o'tishi raqiblarni hushyorlikda ushlab turadi.

Rahimda aqlbovarqilmas tezlik va ajoyib dribling bor, bu esa raqib mudofaasini birin-ketin portlatishga imkon beradi. U yakunlashda yaxshi va Keynga xos gol sezish qobiliyatiga egalik qiladi.

Sterling terma jamoada 79ta o'yinda 19ta gol urgan.




Fil Foden – Pep Gvardiolaning sevimli o'yinchisi.



Foden – angliyalik vunderkind.

Filip "Siti"ning asosiy tarkibida 17 yosh va 177 kunligida debyut qilgan.

Pep Gvardiola uning muxlisi. U bir necha yil oldin: "Bu men ko'rgan eng iqtidorli o'yinchi" deb aytgandi. Angliyaliklar Foden mamlakat ko'rmagan 21 yildan beri ko'rmagan "Oltin to'p"ni qachondir olishiga ishonishadi.

Foden aqlbovarqilmas darajada texnikali va aqlli futbolchi. U 22 yoshda, ammo uning hozirgi darajasi "Manchester Siti" asosiy tarkibida o'ynashga va terma jamoada asosiy o'yinchilardan biri bo'lishga imkon beradi.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: tezlik, jasorat, qarshi hujumlar.

Zaif tomonlari: mudofaa.


Angliyada juda tezkor jamoa bor. Katta ehtimol ular shu sababdan Evro-2020 finaliga chiqishdi. SHu bilan birga, angliyaliklar o'zlarining tezlik imkoniyatlaridan oqilona foydalanishadi va uni o'yinning malum qismida faollashtirishadi. Siz kamdan-kam hollarda Angliyaning super pressingini yoki autsayderga qarshi 90 daqiqa yugurishini ko'rasiz. Angliyaliklar dastlabki 10-15 daqiqada faollashishadi, keyin esa vaziyatga qarab ishlashadi, ammo ularning kuch zaxirasi aniq.

Angliyaliklar jasorat va o'ziga ishongan holda harakat qilishadi. Ular o'z salohiyatlariga shubha bilan qarashmaydi, Sautgeyt esa ularni ishga solishni cheklab qo'ymaydi. Bu esa ularni to'p yo'qotishdan qo'rqib ortiqcha tavakkal qilmaydigan boshqa ko'plab jamoalardan ajratib turadi. Sterling, Keyn, Foden, Bellingem... har qaysi futbolchi tashabbusni o'z oyog'iga olishi va raqibni aldashga tushib ketishi mumkin.

Qarshi hujumlar – Angliyaning asosiy quroli. Ular o'yinning bu qismida tezkor qanotlar va hujumlarni boshlagan Xendersonning mukammal paslari tufayli yaxshi o'ynashadi. Angliyaliklar qarshi hujumlarining o'ziga xos xususiyati – paslarning minimal miqdori, odatda golli vaziyat uchun 2-3ta pas etarli. Oldin solishtirganimiz Daniya darvoza tomon zarba berishdan oldin 4-5ta pas amalga oshiradi.

Angliyaning himoyasi hujumdagidek yaxshi emas. Himoyachilarning pozicion xatolaridan tashqari, tayanch zonasida doimiy muvaffaqiyatsizlik ro'y beradi, xoh bu Fillips, Xenderson yoki Rays bilan bo'lsin.


Taxminiy tarkib:



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика