Muhsin Nizomiddinov: "Navbahor"ni juda yaxshi o'rganib chiqdik"
25 mar 2016 11:35
Yangiliklar
Muhsin Nizomiddinov: "Navbahor"ni juda yaxshi o'rganib chiqdik"
O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan oldin mehmonlar katta murabbiyi Muhsin Nizomiddinov o'z fikrlarini bildirdi.
"Navbahor"ga qarshi o'yinga yaxshi tayyorlandik. "NBU-Osiyo"ga qarshi bahsdagi irodali g'alaba yigitlarimizga katta kuch berdi. Toshkentda "Navbahor" bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgandik. Namangan jamoasi safida bir qator tajribali futbolchilar bor. Raqib ikkita o'yinda mag'lub bo'ldi, biz esa kubokda irodali g'alabaga erishdik. SHu bois futbolchilarimizda ruhiy ustunlik bor. "Navbahor"ni juda yaxshi o'rganib chiqdik. Namanganda ijobiy natija qayd etishga umid qilamiz", - deydi Muhsin Nizomiddinov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar