So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  0 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  10 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Muhsin Nizomiddinov: “Menimcha Bahrayn ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozonamiz” Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: “Menimcha Bahrayn ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozonamiz”

Qo'qon-1912 jamoasi o'rinbosarlari murabbiyi Muhsin Nizomiddinov 7-27 sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan “V” licenziyasi uchun OFK kurslarida qatnashib keldi.

Biz yosh murabbiy bilan ushbu o'kuv kurslarida olgan taassurotlari haqida suhbatlashdik.

– Muhsinjon ushbu o'quv kurslaridan qanday taassurotlar bilan keldingiz ?

– Avvalo jamoamiz rahbari Baxtiyor Tolipov, bosh murabbiy Rustam Abdullaevlarga menga ushbu kurslarda bilimimni oshirib kelishim uchun sharoit yaratib berganlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ushbu  o'quv kursidan juda katta taassurotlar bilan keldim.  20 kun mobaynida FIFA instruktori Islom Ahmedovdan murabbiylik yo'nalishida juda ko'p narsalarni o'rgandik.  Mazkur  kursga qatnashib hali o'rganishim kerak bo'lgan narsalar juda ko'pligiga amin bo'ldim.  Bu kursda o'z vaqtida terma jamoalarda o'ynagan kuchli futbolchilar qatnashishdi. Instruktorlarning o'z mamlakatimizdan bo'lganligi ham bizga yanada foydali bo'ldi. Sababi chet eldan instruktor kelganda bizda til ilan muammo yuzaga kelishi mumkin edi. Islom Ahmedov bizga qattiqo'llik  va talabchanlik bilan , futbolni mayda-chuydalarigacha o'rgatib bordi. Bizni oxirida 2 baho olmasligimiz uchun borini berib , O'zbekiston futbolini kelajagi sizlarni qo'lingizda deya talim berishdi. Yana bu kurslarda O'FF vakili SHavkat Imamovdan ham ko'p narsalarni o'rgandim. U kishi juda ham mehnatsevar, tashkilotchi inson ekan. Islom Ahmedov va SHovkat Imamovga o'xshagan insonlar o'zbek futboliga hali ko'p foydalari tegadi deb o'ylayman.

– Kurs davomida qaysi murabbiylarning tajribasini o'rgandilaring? Dunyoga mashhur mutaxassislarmi yoki o'zimizning murabbiylarnikimi?

– Biz u erda Lui  Van Gal, Fergyusson, Mourino, Gvardiola kabi murabbiylarni ish uslublaridan o'rgandik.  O'zimizdan esa Samvel Babayannining ish usulini o'rganib chiqdik. Babayan jamoada har bir mayda-chuyda detallarga etibor qaratadigan murabbiy ekan. Terma jamoamizning Yaman va Fillipinga qarshi o'yinlarini tahlil qilib chiqdik. Futbol hozir butun dunyoda rivojlanyapti. Babayan Fillipinga qarshi to'g'ri takatika tanlay oldi va shunga yarasha natijaga erishdi.

– Ushbu  kurslarda qatnashgan ishtirokchilarning hammasi licenziya oldimi?


– Kurs yakunida nazariy va amaliy imtihonlar topshirdik. “V” licenziyasi kimga beriladi, kimga berilmasligi hali malum emas. Lekin barcha imtihonlar qattiqqo'llik va talabchanlik bilan olindi. Maqtanish emasku men imtihonlardan so'ng ancha iliq gaplar eshitdim.

-O'qishdan kelganingizdan keyin shogirdlaringiz “Qizilqum” jamoasini yirik hisobda mag'lub etishdi, biroq safarda “SHo'rtan” yoshlarini enga olmadidar.


– Ha “Qizilqum” jamoasi yoshlari bilan o'yinda shogirdlarim barcha ko'rsatmalarni to'g'ri bajarib, eng muhimi vaziyatlardan yaxshi foydalanishdi. G'uzorda esa birinchidan tarkib va taktika tanlashda xatoga yo'l qo'ydim , qolaversa uzoq yo'l bosib borib maydonga tushdik va charchoq alomatlari ham bilindi.  Bu uyindagi xatolarimiz bizga saboq bo'ladi, degan umiddaman.

– SHogirdlaringizdan qaysi biri keyingi yilda asosiy tarkibda o'ynab keta oladi deb o'ylaysiz?


– Tarkibimizdagi 7-8  nafar futbolchilar bemalol oliy ligada o'ynab keta oladi deb o'ylayman. Bulardan Avaz Mamatxo'jaev, Muhammadanas Hasanov, Doston Meliqo'ziev, Iqbol Malikjonov, Oybek Rustamov kabi yosh o'yinchilar kelajakda asosiy tarkibda o'ynay olishlariga ishonaman. Bosh murabbiyimiz har bir o'yinimizni diqqat bilan kuzatib boradilar va qaysi o'yinchi bilan nimalarga etibor berish kerakligi haqida maslaxatlarini berib boradilar.

– O'z vaqti  Yuriy Sarkisyan qo'l ostida to'p surgansiz. Hozirda  Rustam Abdullaev bilan birga ishlayapsiz. Ulardan nimalarni o'rgandingiz?


– “Neftchi”da o'ynab yurgan davrlarim  Yuriy Vazgenovichdan hayotda o'z o'rnimni topishim uchun ko'p narsalarni o'rganganman. Yuriy Sarkisyan kuchli murabbiy , psixolog va nazariyachi. Rustam Abdullaevda esa katta futbolchilik tajribasi bor. U kishi o'z vaqtida respublikamizning kuchli futbolchilaridan biri edilar. Rustam akada amaliyot kuchli. Jamoada Rustam Abdullaev va Vadim SHodimatovdan ko'p narsalarni o'rganib bormoqdaman.

– Futbolchilikdan so'ng murabbiylik kursida o'tirish qanchalik qiyin?


– Futbolchi faqat futbol o'ynash, mashg'ulotlarga ishtirok etish va maosh olishni o'ylaydi. Murabbiy esa maydonga tusholmaydi, lekin maydondagi natijaga javobgar. To'p tepib yurganimizda Sarkisyan meni o'rnimda o'tirib ko'rsang bilasan desa uncha etibor bermas ekanman. Murabbiy ko'p narsani reja qiladi, uni amalga futbolchi oshiradi. Rejalaring o'yinda amalga oshmay mag'lub bo'lsang, hamma ayb murabbiyda bo'ladi. Bir narsani o'rgatsang qaysidir futbolchi 2-3 marta qaytarganda eslab qoladi, kimgadir esa 20 marta qaytarish kerak. SHu kasbni sevib tanladimmi endi faqat izlanaman va ishlayman. Asosiy tarkibga mahoratli futbolchilar etishtirib berishim kerak.

– SHu kunlarda mamlakatimizda kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq voqealar ancha shov-shuvga sabab bo'ldi. Bu voqealarga yosh murabbiy sifatida sizni fikringiz qanday?

– Yuqoridagi gap-so'zlarga kelsak har bir jamoada kuchli murabbiy, mehnatkash futbolchi va yaxshi moliyaviy imkoniyatlar jam bo'lishi kerak. Hamma narsa insonni o'ziga bog'liq.  Men hali yoshman murabbiy bo'lib ishlash niyatlarim bor . Xudo xohlasa biz boshqa yo'ldan yuramiz.

– Bugun milliy jamoamiz JCH-2018 saralash bosqichi doirasida Bahrayn terma jamoasi bilan o'ynaydi. Sizni bashoratingiz?


– Albatta jamoamizga omad tilayman. Menimcha 3:1 hisobida g'alaba qozonamiz. CHunki bizni futbolchilarimiz hozirgi Bahrayndan har tomonlama kuchli. Albatta hamma kabi men ham terma jamoamizni mundialda ko'rishni istayman.

– Mazmunli suhbatingiz uchun raxmat. Sizga kelajakdagi ishlaringizda omad tilayman.


– Sizga ham rahmat.

Akramjon Mamadaliev suxbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика