So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  1 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

Muhsin Nizomiddinov: "Bir marta hakam to'g'risida gapirganman, boshqa bu haqda og'iz ochmayman" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Bir marta hakam to'g'risida gapirganman, boshqa bu haqda og'iz ochmayman"

Pro liganing 13-turidan o'rin olgan “Mashal” - “Qo'qon-1912” (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida...

- Guvohi bo'lganingizdek, muxlislarga manzur keladigan o'yin bo'ldi. Ikki xil taym ko'rdik. O'yin avvalida qiyinchilikka duch kelishimizni bilardik. Ob-havo ham bugun yaxshi tusga kirdi. Raqib jamoada murabbiy o'zgardi. Asror Aliqulov tajribali murabbiy sanaladi. SHunga qaramay, o'ylagan niyatimizga etdik. 

- Hakamlarga qanday baho bera olasiz?

- Bir marta hakamlar to'g'risida gapirganman, boshqa bu haqda og'iz ochmayman. Ular hali yosh, bugun xatoga yo'l qo'yishdi, deb o'ylamayman. Ehtimol, qaysidir epizodda yanglishgan bo'lishi mumkin. 

- Zaxiradan maydonga tushirgan shogirdingizni yana zaxiraga oldingiz, buni boisi nimada?

- Bu holat avvalgi o'yinlarda ham sodir bo'lgan. Isoqjonovning jarohati bor, u oyog'idan ukol olib, maydonga chiqmoqda. Jarohat uning to'laqonli harakatlanishiga imkon bermadi. SHu sabab almashtirdik. Uning o'rniga tushirilgan Beshimov ham yaxshi taassurot qoldirdi. 

- Bugun darvozabonga ko'p etiroz bildirdingiz...

- Unday emas. Bizda ikkita bir xil darajadagi darvozabon bor. Posbonimizning ham jarohati mavjud edi, uni almashtirmadik. SHunga qaramay, o'z qo'rg'onini munosib qo'riqladi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика