Muhsin Muhammadiev: "Qizilqum" bilan durang adolatli bo'ldi"
24 noy 2019 11:40
Yangiliklar
Muhsin Muhammadiev: "Qizilqum" bilan durang adolatli bo'ldi"
Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Buxoro" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Muhsin Muhammadiev o'z fikrlarini bildirdi.
"Jangovor o'yin bo'lib o'tdi va menga yaxshi taassurot qoldirdi. Havo sovuq bo'lishiga qaramasdan, yigitlar yaxshi harakat qilishdi va durang natijaga loyiq o'yin ko'rsatishdi.
Safardan ochko bilan qaytish har doim yoqimli, minimum vazifa bajarilgani uchun yigitlarga rahmat. To'g'ri xatolar ham ko'zga ko'rindi, lekin bu futbol, unda xatolarsiz o'ynashni iloji yo'q, murabbiylar hamma vaqt ham o'yindan 100 foiz qoniqa olmaydi, durang adolatli bo'ldi deb o'ylayman.
Endi keyingi ikki uchrashuvni o'z maydonimizda o'tkazamiz va mavsumni yuqori notada yakunlashga harakat qilamiz", - deydi Muhsin Muhammadiev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar