So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Muhriddin Zoirov: "Yaxshi takliflar bo'lsa, boshqa jamoada o'ynash niyatim bor" Yangiliklar

Muhriddin Zoirov: "Yaxshi takliflar bo'lsa, boshqa jamoada o'ynash niyatim bor"

Pro liganing 20-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" – "Yangier" uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Muhriddin Zoirov o'yin haqida fikr bildirdi.

O'yin haqida

— Bugun o'yinda g'alaba qozonishni xohlagandik. Jamoaviy o'yin namoyish etyapmiz. Bundan keyingi bahslarda ham zafarli yurishni davom ettirishga harakat qilamiz. 

— Birinchi bo'limda biroz sustkashlikka yo'l qo'ydinglar, buning sababi nimada?

— Dastlabki golni urgancha biroz qiynaldik. Raqib ham g'alaba uchun maydonga tushdi. Gol urganimizdan so'ng barchasi osonlashib ketdi.

— Hakam o'yinni qanday boshqardi? Masalan, raqib futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyat...

— Hakam haqqoniy ravishda futbolchini chetlatdi, chunki u hakamni ikki-uch marotaba haqorat qildi. Hakam bir gal kechirdi, biroq keyingisida indamay turolmadi. 

— Bugungi g'alaba omad evaziga qo'lga kiritildimi?

— O'yindan avval g'alaba qozonishni rejalashtirgandik. Boshliqlar ham faqat g'olib kelish lozimligini takidlagandi. Xudoga shukur, bir jamoa bo'lib, muvaffaqiyatga erishdik. 

— "SHo'rtan"dan boshqa jamoa safida to'p tepish rejangiz bormi?

— Yaxshi takliflar bo'lsa, boshqa jamoada o'ynash niyatim bor. Biroq hali bu haqda hech narsa deya olmayman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика