Muhriddin Zoirov: "Nasaf" va "SHo'rtan"dagi mashg'ulotning farqi bor"
13 okt 2021 12:53
Yangiliklar
Muhriddin Zoirov: "Nasaf" va "SHo'rtan"dagi mashg'ulotning farqi bor"
Pro liganing 21-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Xorazm" (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar hujumchisi Muhriddin Zoirov o'z fikrlarini bildirdi.
"SHo'rtan"dagi faoliyatim yaxshi davom etmoqda. "Nasaf" meni yil oxirigacha ijaraga bergan. G'uzorga o'yin amaliyoti olish uchun kelganman. Mavsum tugagach Qarshiga qaytaman.
"Nasaf"dagi mashg'ulotlar biroz qiyinroq, yuklamalar og'irroq. Asror aka ham to'p uchun oxirigacha kurashishni uqtiradilar va mashg'ulotlarda aniq talablarni qo'yadilar.
"SHo'rtan"dagi barcha futbolchilarning jismoniy holati ancha yaxshi, 90 daqiqaga chidab bera olamiz.
"Xorazm" birinchi golni o'tkazib yuborganidan keyin o'yinni "tashlab yubordi", ko'p ochiq joylar qolib ketdi va shu bois yirik hisobda yutdik", - deydi Muhriddin Zoirov.
O’xshash yangiliklar
19:18
"Yigitlarga motivaciya berish shart emasdi, chunki titul o'rtaga tikilgandi" - Nodir Eliboev 0
Fikrlar