Muhim o'yinlar: A Seriya 24-tur uchun prevyu
02 fev 2024 16:05
Yangiliklar
"Frozinone" — "Milan"
"Frozinone"da jarohatlar bilan bog'liq vaziyat juda og'ir, bir qator futbolchilar jamoaga yordam bera olmaydi, shunday ekan Di Franchesko o'zida mavjud o'yinchilar bilan nima qilishi kerakligini jiddiy o'ylashiga to'g'ri keladi. Ammo, hujum harakatlarida ishtirok etadigan Kayoda bahsda o'ynash uchun yaxshi imkoniyat bor. Piolida ham ko'plab jarohatlanganlar bor, ammo mashg'ulotlarga Benasserning qaytishi ijobiy holat. Uning maydonga tushish ehtimoli past, ammo zaxiradan o'yinga qo'shilishi mumkin. Hujumda ananaviy Leao-Jiru-Pulishich uchligiga urg'u beriladi.
O'tgan o'yinda "Milan" uyida 3-1 hisobida ishonchli g'alabaga erishgan. Bu o'yinda ham "qizil-qoralar" favorit. Jamoa bir hafta oldin "Bolonya" bilan o'yinda ochko yo'qotdi, shunday ekan hozirda etiborliroq bo'lib harakat qilishadi, "Frozinone" esa barcha muammolarini hisobga olib ijobiy natijaga umid bog'lashi qiyin masala.
Frosinone Matias Soule - 24', Luca Mazzitelli - 65' |
Serie A . 23-tur 03/02/2024, 22:00 3
:
2
Tugadi
|
AC Milan Olivier Giroud - 17', Matteo Gabbia - 72', Luka Jovic - 81' |
Stadion: Stadio Benito Stirpe, 16050 tomoshabin
Bosh hakam: Luca Pairetto
"Napoli" — "Verona"
Jamoaga Natan, Meret, Olivera, Osimxen, Traore va Angussa hali ham yordam bera olmaydi, diskvalifikaciyadan qaytgan Simeone va Xvicha "Napoli" hujumini kuchaytirishi aniq, ular birgalikda 3-4-3 sxemasiga faol tarzda o'tishadi. "Verona"ning holatini tasavvur qilish qiyin va o'yinchilardan yana kimlar ketishi nomalum, ammo Marko Baroni har qanday holatda ham yosh futbolchilardan faol tarzda foydalanadi. SHuningdek asosiy tarkibda "Fortuna"dan o'tgan yosh hujumchi Noslinani kutish mumkin.
"Napoli" ilk davrada mehmonda 3-1 hisobida g'alaba qozondi. "Napoli"da shuncha muammolar bo'lishiga qaramay, aynan ular ushbu o'yinning favoritlari hisoblanishadi. Jamoa hujum qila olishini eslashi kerak, Xvichaning qaytishi esa "Lacio" bilan zerikarli o'yindan ko'ra ancha o'tkirroq o'ynashga yordam beradi.
SSC Napoli Pawel Dawidowicz - 79', Khvicha Kvaratskhelia - 87' |
Serie A . 23-tur 04/02/2024, 19:00 1
:
2
Tugadi
|
Hellas Verona Diego Coppola - 72' |
Stadion: Diego Armando Maradona, 40000 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Piccinini
"Atalanta" — "Lacio"
Xeyn va Kompeynarsning jarohatlari Gasperini uchun jiddiy muammo, shuningdek Skamakkaning yomon formasi ham. Bunday vaziyatda hujum markaziga De Ketelarse tashlanadi, orqaroqdan esa Miranchuk va Pashalich ko'maklashadi. Patrik va Cakani "Lacio"ga ushbu o'yinda aniq yorda olmaydi, Rovella esa asosiy tarkibga qaytishi kerak. Hujumda Iskaksen, Immobile va Felipe Andersondan iborat trio kutilmoqda.
Ularning oldingi o'yini dramatik tarzda kechgan va "Lacio" 3-2 hisobida g'alaba qozongandi. Hozirda favorit "Atalanta" hisoblanadi. Jamoa ajoyib formada va darhol "burgutlar" mudofaasi uchun ko'proq muammolar yaratishga otlanadi. SHuningdek "Napoli" bilan o'tgan turdan ko'ra Sarri shogirdlarining ham tetikroq o'ynashlariga ishonch bor.
Atalanta Mario Pasalic - 16', Charles De Ketelaere - 43', Charles De Ketelaere - 76' |
Serie A . 23-tur 04/02/2024, 22:00 1
:
3
Tugadi
|
Lazio Ciro Immobile - 84' |
Stadion: Gewiss Stadium, 14492 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Guida
"Inter" — "Yuventus"
Barella va CHalxanoglu muhim o'yinga qadar diskvalifikaciyadan omadli tarzda o'tib olishdi, shunday ekan ular maydon markazida Mxitaryan bilan o'ynashadi. Umuman olganda, Inzagidan syurprizlar kutish noo'rin, ammo hozircha o'ng qanotda kim o'ynashi nomalum. "Yuventus"da ham barchasi joyida. Rabo, Keza va Danilo tiklanishga ulguradi va asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak. Gattining jarohati biroz shubhaga sabab bo'lmoqda, ammo katta ehtimol bilan u jarohatni davolashga ulguradi va asosiy tarkibda maydonga tushadi.
Ularning Turindagi oldingi o'yinida grossmeystercha 1-1 hisobidagi durang qayd etilgandi. Hozirda favorit "Inter" hisoblanadi, jamoa juda sifatli o'yin namoyish etmoqda, bundan tashqari o'yin Milanda bo'lib o'tadi. Barcha kartalar "qora-ko'klar"ning qo'lidadek, ammo "keksa sinora"ning katta tajribasi va Allegri sabab "Yuventus"ni hisobdan chiqarish noo'rin.
Inter Federico Gatti - 37' |
Serie A . 23-tur 05/02/2024, 00:45 0
:
1
Tugadi
|
Juventus |
Stadion: Giuseppe Meazza, 75547 tomoshabin
Bosh hakam: Fabio Maresca
"Roma" — "Kalyari"
De Rossining ishlab turgan narsani o'zgartirishiga ishonish qiyin, bundan tashqari jarohatlanganlardan hech kim qaytmadi, Ndika esa hali hanuz Afrika millatlar kubogida. Paredes yarim himoya markazida charchagan Bovening o'rnini egallashi mumkin. "Kalyari"ga kelsak, asosiy tarkibga bir hafta oldin to'liq 90 daqiqa o'ynay olmagan Viola qaytishi kerak. Asosiy forvard rolida Petanyaning belidagi muammo sabab Pavoletti o'ynaydi, qolgan jihatlarda "orolliklar"da rotaciyalar uchun ko'p variantlar yo'q.
"Roma" ilk davrada 4-1 hisobida g'alaba qozongan holda Sardiniyaga muvaffaqiyatli safar qilgandi. Hozirda ham jamoa favorit, bundan tashqari "Kalyari" mehmonda uncha yaxshi o'ynamaydi. "Jalorossi" ilk daqiqalarda muvaffaqiyatga harakat qiladi va De Rossi qo'l ostida ilk marta to'p o'tkazib yubormaslik uchun orqada juda diqqatli bo'ladi.
Roma Lorenzo Pellegrini - 2', Paulo Dybala - 23', Paulo Dybala - 51', Dean Huijsen - 59' |
Serie A . 23-tur 06/02/2024, 00:45 0
:
4
Tugadi
|
Cagliari |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 61775 tomoshabin
Bosh hakam: Matteo Marcenaro
Sergey Rumyancev tayyorladi
Fikrlar