So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Muhiddin Abduvaliev : Qo'qon xalqi futbolni juda yaxshi ko'rishadi Yangiliklar

Muhiddin Abduvaliev : Qo'qon xalqi futbolni juda yaxshi ko'rishadi

O'tgan mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi o'rinbosarlari o'zlarining chiroyli natijalari bilan muxlislarni xursand qilishdi.

Yangi mavsumga jamoa o'rinbosarlar tarkibini mahalliy mutaxasis Muhiddin Abduvaliev tayyorlaydigan bo'ldi. Biz yangi murabbiyni suhbatga tortdik.

– Muhiddin aka siz yana “Qo'qon-1912” jamoasiga qaytdingiz , bu chorlovni kutganmidingiz ?

– Albatta kutgandim, chunki men bu jamoada o'ynaganman, ishlaganman. Qisqa qilib aytganda jamoa men uchun o'z oilamdek qadrdon. O'rtada bir yil jamoada ishlamagan bo'lsam ham jamoani har bir o'yinlarini kuzatib bordim va muxlislik qildim. Qolaversa futbol hayotimni bir qismiga aylangan, to'g'risi boshqa ish bilan shug'ullana olmasam kerak.

– O'tgan mavsumda Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi o'rinbosarlar tarkibi yoshlar birinchiligida 7-o'rinni qo'lga kiritib , muxlislarga quvonch ulashishdi. Sizning oldingizga rahbariyat qanday vazifa qo'yishdi?

– Ha o'tgan mavsumda jamoa o'rinbosarlari dastlabki mavsum ishtirok etishlariga qaramay, juda yaxshi natijalarga erishishdi. Rahbarlarimiz menga qaysidir o'rinni olish kerak degan vazifa qo'yganlari yo'q. Vazifa asosiy tarkibga munosib yosh futbolchilarni tarbiyalash. Lekin men o'zimga o'tgan yilgidan kam natija ko'rsatmaslikni vazifa qilib belgilab qo'yganman. Qo'qonimiz halqi judayam futbolni yaxshi ko'rishadi. O'rinbosarlar ishtirokidagi o'yinlarga ham ko'plab muxlislar kelishadi, shuning uchun ularni xursand holda qaytishlari uchun astoydil ishlaymiz.

-Tayyorgarlik rejalari bilan o'rtoqlashsangiz.

Yangi yildagi dastlabki yig'inni bugundan (11 yanvar kuni) boshlaymiz. 30 yanvarda boshlanadigan “Farg'ona viloyat hokimi kubogi” musobaqasida asosiy tarkib bilan birga ishtirok etamiz. SHu musobaqa bizga yangi mavsumga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

– Jamoani o'zagi bor. Yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazyapsiz. Sizga yoqqan mahalliy yoshlar bormi ?

– Biz dekabr oyida bo'lib o'tgan dastlabki yig'inimiz davomida 70 nafardan oshiq Qo'qon shahri va atrof tumanlaridan kelgan yosh futbolchilarni ko'rikdan o'tkazdik.  Mashg'ulotlar va o'zaro o'yinlar davomida o'zini ko'rsatgan 10-15 nafar  yoshlarni bu yilgi dastlabki yig'inimizga taklif qilganmiz. Bu futbolchilarni yana ko'ramiz.  Mashg'ulotlar davomidagi harakatlariga qarab 5-6 nafarini jamoada olib qolamiz.

– Muhiddin aka suhbatingiz uchun raxmat, sizga boshlagan ishingizda omad yor bo'lishini tilaymiz!

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика