So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Muhammadyusuf Sobirov: "Yarim finalga chiqib, yangi tarix yozishni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

Muhammadyusuf Sobirov: "Yarim finalga chiqib, yangi tarix yozishni maqsad qilganmiz"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi darvozaboni Muhammadyusuf Sobirov Franciyaga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

— Franciyaga qarshi o'yin haqida...

— Ertangi uchrashuvga tayyormiz. Barcha jamoadoshlarim Angliyaga qarshi uchrashuvdagi kabi birdam bo'lib, ertangi bahsni o'z foydamizga hal qilish niyatidamiz. Xudo xohlasa, yarim final yo'llanmasiga ega chiqib, yangi tarix yozishni maqsad qilyapmiz.

— Tiklanish jarayoni haqida...

— Murabbiylarimiz Angliya qarshi o'yin tugashi bilanoq tiklanish jarayonini boshlab yuborishgandi. G'alaba qozonganimiz yaxshi, lekin shu bilan berilib, keyingi o'yinga tayyorgarlikni unutmaslik kerakligini tushuntirishdi. Qisqa muddatda bosqichma-bosqich tiklanish mashqlari ustida ishlab bordik. Barcha jamoadoshlarim ertangi uchrashuvga tayyor. 

— O'yin penaltilar seriyasiga borishi mumkinmi va shaxsan o'zingiz ham tayyorgarlik ko'ryapsizmi?

— Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz har qanday holatga ham tayyorgarlik ko'ryapmiz.

— Murabbiyning ko'rsatmalari haqida...

— Mashg'ulotlar davomida bosh murabbiyimiz qo'l ostida shug'ullanyapmiz. Ertaga tribunada bo'lsa ham bevosita o'yinda ishtirok etadilar. SHu sababli bu bizga u qadar katta muammo tug'dirmaydi, deb o'ylayman. Xudo xohlasa, ertaga o'yinda g'alaba qozonib, Jamoliddin akani ham xursand qilmoqchimiz. SHu fursatdan foydalanib bizni qo'llab-quvvatlab turgan barcha Vatandoshlarimizga rahmat aytmoqchiman.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика