So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  3 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  0 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  34 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  32 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

Muhammadqosim To'xtasinov: “Alijon Marajabov o'zidan yaxshi nom qoldirib ketdi” Yangiliklar

Muhammadqosim To'xtasinov: “Alijon Marajabov o'zidan yaxshi nom qoldirib ketdi”

Yaqinda Andijon shahrida o'tkazilgan xotira turnirida bevosita ishtirok etar ekanmiz. Unda sobiq hakam va futbolchilarni uchratdik.

Fursatdan foydalanib o'z vaqtida marhum hakam Alijon Marajabov bilan birgalikda bir guruhda o'yinlarni boshqarib borgan Muhammadqosim To'xtasinov bilan suhbatlashib, Alijon akani esladik. O'tganlar haqida gapirish doimo og'ir bo'lgani kabi, To'xtasinov ham Alijon aka xususida kuyunib, chuquz iztirobda so'zlab berdi.


- Hozirgi Andijon davlat universiteti stadionida ilgari shahar birinchiligi o'yinlari o'tkazilardi. Marhum ukamiz Alijon Marajabovning hakamlikdagi dastlabki qadamlari mazkur uchrashuvlarda tashlangan desam mubolag'a bo'lmaydi. O'sha paytda shahar birinchi liga jamoalari to'rt guruhdan iborat bo'lardi. Alijon ham “XBK” nomli jamoasi bilan turnirda ishtirok etgan. O'sha vaqtda nimadir bo'lib, hakam etishmovchiligi bo'lganida, Alijonni qo'liga xushtakni tutqazib, o'yinni boshqarishi kerakligini aytgandim. Birinchi bo'limni o'tkazib olgach, tanaffus paytida “Bo'ldi bas. Boshqa hakamlik qilmayman” deb turib olgandi. SHunda men qarorimda qatiy turib, “Kechirasiz, o'yinni oxirigacha tugatib qo'yasiz” dedim. (Biroz o'ylanib) Bu 1988 yillarga to'g'ri keladi. SHundan so'ng endilikda doimiy ravishda hakamlikda birga faoliyat yuritamiz deya, etaklaganmiz. O'zida ham keyinchalik qiziqishi ortib bordi. 


Vaqti kelib respublika toifasidagi hakamga aylandi. Oliy ligada bosh hakam sifatida o'yinni boshqargan paytlari bo'ldi. Sobiq ittifoq paytida ikkinchi liga 7-zona deya atalardi. O'sha vaqtda o'yinlarni boshqarish uchun Andijon viloyatidan 12 nafar hakam bor edi. To'rtta guruh demakdir. Toshkentdan 18 nafar bo'lsa, bizdan 12ta! Bu borada O'zbekistonda ikkinchi o'rinda turardik. Namanganliklar vaqti kelib bitta hakamlar guruhini tashkil qila olmasdi. Bizdan keyin farg'onalikliklar turardi. Andijonlik hakamlar bir-birini har tomonlama qo'llab-quvvatlardi. Qaerga bormaylik, bir-birimizni etaklab borardik. Ko'rganlar xavas qilardi. Hozirgacha shu omil saqlanib qolgan. Haftaning har dushanba kunida yig'ilib turamiz. Marhum ukamiz Alijon ham biz bilan so'nggi vaqtlariga qadar birga bo'ldi. Xatto operaciyadan so'ng yig'inimizga kelib, yurdi. Masofadan bo'lsa ham doimiy ravishda xabarlashib turardik. Beshavqat o'lim qadrdonimizni olib ketdi. Ilohim oxiratlari obod bo'lsin. Alijon o'zidan yaxshi nom qoldirib ketdi deya olamiz. 

Islombek Rustambekov.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика