So’nggi yangiliklar

23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  6 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  20 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7

Muhammadanas Hasanov: "Lokomotiv" bilan o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz" Yangiliklar

Muhammadanas Hasanov: "Lokomotiv" bilan o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz"

Coca Cola superligasining 24-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan oldin “Qo'qon-1912” jamoasining iqtidorli yarim himoyachisi Muhammadanas Hasanov o'z fikrlarini bayon qildi.

- Muhammadanas "Lokomotiv"ga qarshi o'yinga tayorgarlik qanday ketyapti? Bu o'yindan qanday natija kutyapsiz?
- "Lokomotiv" bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik , doimgidek bo'lyapti. Bosh murabbiyimiz barcha futbolchilardan o'z ishimizga vijdonan yondoshishimizni talab qilmoqdlar. Jamoamizdagi barcha futlchilar bu mavsumda muxlislarni xursand qilish uchun, yuqori o'rinlardan birini qo'lga kiritish uchun astoydil harakat qilishyapti. Har bir o'yinda murabbiylarimizning ko'rsatmalariga to'liq amal qilgan holda ijobiy natija uchun kurashyapmiz. “Lokomotiv” bilan o'yinga keladigan bo'lsak, bu jamoani birinchi davrada yutganmiz. Bu safar ham maydonga faqat g'alabani ko'zlab tushamiz va buning uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. To'g'ri “Lokomotiv” tarkibida juda kuchli futbolchilar jamlanishgan, lekin biz ham o'z o'yinlarimiz bilan har qanday jamoa bilan o'ynash mumkinligini isbotlab kelyapmiz. CHempionat oxiriga kelib hech qaysi o'yin oson o'tmayapti. Lekin biz o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz. Muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari bizga qo'shimcha kuch va shijoat beradi.

- Siz ko'plab o'yinlarda jarima zarbalarini amalga oshiryapsiz. Lokoga qarshi 1-davradagi o'yinda jarimadan gol ham urgan edingiz.

- Jamoamizda standart vaziyatlarning ustalari bo'lgan futbolchilar bor. Ayniqsa Murod aka Xolmuhammedov bu borada ancha tajribali futbolchi hisoblanadilar. Men bosh murabbiyimizdan hamda Murod akadan standart vaziyatlarni ijro etish bo'yicha ko'p jihatlarni o'rganib boryapman. O'yin vaqtida sardorimiz menga jarima zarbalarini ijro etish imkonini berib kelmoqdalar. Bundan keyingi o'yinlarda ham o'zimga beriladigan imkoniyatlardan to'liq foydalanishga harakat qilaman.

Ertadan keyin bo'ladigan o'yinga muxlislarimizni stadionga taklif qilaman. Biz esa ularni stadiondan yaxshi kayfiyatda qaytishlariga imkoni boricha harakat qilamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика