Muhammadali O'rinboev Argentina, Urugvayga qarshi kechgan uchrashuvlar va Osiyo kubogi haqida fikr bildirdi
17 okt 2024 09:51
Yangiliklar
Muhammadali O'rinboev Argentina, Urugvayga qarshi kechgan uchrashuvlar va Osiyo kubogi haqida fikr bildirdi
Birinchi ikkita o'yinga keladigan bo'lsak, Argentinaga qarshi bahsning birinchi uchrashuvida mag'lub bo'ldik, ikkinchi o'yinda esa xatolarni tahlil qildik va boshqacha o'yin ko'rsatdik. Ikkinchi uchrashuv ancha qiziqarli bo'ldi, bolalarning barchasi maksimal darajada harakat qilishdi.
Urugvayga qarshi uchrashuvda hisobni ochdik va g'alabaga yaqin kelgandik, biroq so'nggi daqiqalarda penaltidan gol o'tkazib yubordik. Menimcha, ushbu bahsda g'alaba loyiq edik.
O'ylashimcha ertangi o'yinga tayyor bo'lamiz va Urugvayni mag'lub etishga harakat qilamiz.
Oldimizga Osiyo kubogi bor. Ushbu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik olib borilmoqda. Maqsadimiz — musobaqada g'alaba qozonish. O'ylashimcha biz buni uddalay olamiz, sababi jamoamiz ancha kuchli futbolchilardan iborat.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar