Muhammadali G'iyosov: "Murabbiyim bu borada ko'p tanbeh bergan"
23 iyu 2022 01:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/706563_original.jpg)
![](/upload/storage/706563_220.jpg)
Muhammadali G'iyosov: "Murabbiyim bu borada ko'p tanbeh bergan"
AGMK Superliganing 12-turida poytaxtning "Olimpik" jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:0).
Uchrashuvdan keyin g'alaba goli muallifi buxorolik Muhammadali G'iyosovning fikrlari bilan qiziqdik:
"Qiyin bo'ldi. Bu biz uchun juda muhim o'yin edi. SHuning uchun bor kuchimizni maydonga tashladik. SHukr, yakunda 3 ochko oldik".
— Gollaringizni doim zaxiradan tushib, uryapsiz. Sizning jamoaning "sehrli tayoqchasi" desak bo'ladimi?
— Bu hammasi Allohdan. Barcha o'yinlarda gol urolmayapman. Bugun shunaqa bo'lishi kerak ekan.
— Tehnika masalasida sizga savol bo'lishi mumkin emas. Ammo ko'pincha zarba berishni kechiktirib yuborasiz...
— Bu haqda Timur aka ham bir necha bor tanbeh berganlar. Mashg'ulotlarda shu va boshqa kamchiliklarim ustida ko'proq ishlayapman. Hammasi yaxshi bo'ladi hali.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar