Muhammad Saloh Misr terma jamoasi o'yini paytida muxlislar hujumiga uchradi
21 noy 2023 11:54
Yangiliklar
Muhammad Saloh Misr terma jamoasi o'yini paytida muxlislar hujumiga uchradi
Misr terma jamoasi etakchisi qo'riqchilar nazorati ostida maydonni tark etdi.
Muhammad Saloh Liberiyada bo'lib o'tgan JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi Serra-Leonega qarshi safar o'yinida muxlislar tomonidan hujumga uchradi, deb xabar berdi Goal.com.
Asosiy vaqt tugashiga bir daqiqa qolganida misrliklar hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirishdi. Bu esa tribunadagi muxlislarga yoqmadi. Ular maydonga tushishga muvaffaq bo'lishdi va Saloh tomon yugurishdi. Biroq xavfsizlik xodimlari holatni tezkorlik bilan o'z nazoratiga oldilar. Saloh o'zini xotirjam tutdi, ammo o'yindan so'ng xavfsizlik xodimlari hamrohligida maydonni tark etdi.
Eslatib o'tamiz, o'yin Misr terma jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Serra-Leone terma jamoasi 39-daqiqadan boshlab ozchilikda o'ynadi.
Fikrlar