So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 2:0 (матнли трансляция)  37 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

Muhammad Odilov: “Zomin” birdamlik evaziga vazifani bajardi” Yangiliklar

Muhammad Odilov: “Zomin” birdamlik evaziga vazifani bajardi”

Jizzaxning “Zomin” klubi muddatidan oldin Birinchi liga yo'llanmasiga ega bo'ldi va kelgusi mavsumda Pro-ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Joriy yilda klub safida Muhammad Odilov o'zini har tomonlama ko'rsatib, to'purarlar ro'yxatini boshqarib turibdi. Xo'sh, Odilov bungacha qaysi jamoada o'ynagani va “Zomin”da o'tkazayotgan faoliyati borasida nimalar deydi? Buni suhbatimiz jarayonida bilib olishingiz mumkin. 

“Zomin”ga o'tishi borasida

- 2021 yilning boshida “Zomin” klubidan taklif tushdi. Bungacha men “Qizilqum”ning yoshlar jamoasi safida to'p tepib kelayotgandim. Navoiy futbol klubi tarbiyalanuvchisi bo'laman. 

- Bu mavsumda birinchi liga o'yinlarida to'purar bo'lib turibsiz. Birinchi ligada gol urish osonmi?

- Yo'q albatta. Jamoadoshlarim tufayli gollarim sonini oshirib bormoqdaman. Ularsiz men hech qanday natijaga erisha olmasdim. Birinchi ligada gol urishning ham o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. To'g'risi, gollarim bilan “Zomin”ning g'alabalariga hissa qo'shayotganimdan xursandman. 

- Jamoangiz muddatidan oldin Pro-liga yo'llanmasiga ega bo'ldi. Vazifani bajarish qiyin kechmadimi?

- Bu yo'lda barcha birdek mehnat qildi. Birdamlik evaziga vazifani bajardik. Klubimiz rahbari Ilhom aka Sobirov har tomonlama ko'mak berdi. Bosh murabbiymiz esa mavsum davomida to'g'ri ko'rsatmalar berib borganligi tufayli vazifani bajarishimiz oson kechdi.   

- Aslida siz qaysi poziciyada o'zingizni erkin his qilasiz?

- Men ko'proq markaziy hujumda erkin o'ynayman. Avvalari ikki qanot yarim himoyasida ham to'p tepganman. “Zomin”da murabbiylarimiz mashg'ulotlar vaqtida alohida hujumchilar uchun dastur ishlab chiqqan va buni sinab ko'ramiz. Bu esa yanada o'sishimiz uchun foydali deb o'ylayman. 

- “Zomin” klubi bilan shartnomangiz qachon yakunlanadi? Kelgusidagi rejalaringiz qanday?

- SHartnoma muddatim 2022 yilning dekabriga qadar mo'jallangan. Kelgusi mavsumda “Zomin” safida Pro-liga doirasida o'yinlarda ham gollar urishni istayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика