So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Muhammad Odilov: “Ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz” Yangiliklar

Muhammad Odilov: “Ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz”

Ertaga Pro liga “B” guruhi 21-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. “Zomin” klubi safarda “Yangier”ga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuvdan oldin zominliklar futbolchisi Muhammad Odilov fikrlariga quloq tutdik. 


- “Yangier” bilan o'yinlarda jamoamizga omad etishmayapti deb o'ylayman. Har ikki bahsda ham shu jihat sabab mag'lub bo'ldik. Hozirda esa yo'qotadigan hech narsamiz qolmagan. Bu safar g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Pro-ligada kam gol urayotganimga sabab 1-davrada jarohatim bor edi. Natijada ko'p vaqtimni maydon tashqarisida o'tkazishimga to'g'ri keldi. SHunga qaramay, gollar urishga intilmoqdaman. Hozircha gollarim soni 5 taga etdi. O'tgan mavsum men sof hujumchi sifatida o'ynardim. Bu yil esa asosan o'ng qanot yarim himoya chizig'ida o'ynamoqdaman. SHunday bo'lsada, gollar urib, jamoaga yordam berishni intilmoqdaman.  Mavsum yakuniga qadar gollarim sonini yanada ko'paytirmoqchiman. 

Biz Pro ligada jon saqlab qolish imkoniyatimiz bor. Buning uchun oldinda turgan bellashuvlarda g'alaba qozonishimiz kerak. Har bir futbolchi o'z ishiga professional yondoshsa, ijobiy natijalar qayd eta olamiz", - deb so'zini yakunladi Odilov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика