So’nggi yangiliklar

14:33Райс, Бруну, Салоҳ... ПФА АПЛда йилнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  0 14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  1 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  2 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  15 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  21 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  9 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  1 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  8 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  10

Muhammad Nazem: "Mundialda qitamiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Muhammad Nazem: "Mundialda qitamiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz"

Teglar :  Muhammad NazemEron
Eron va Qirg'iziston uchrashuvidan so'ng, eronliklar bosh murabbiyi Muhammad Nazem ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.
“Bugun jurnalistlar va muxlislarga katta rahmat aytaman. Ular bilan birga ajoyib muhitda to'p tepdik va g'alabaga erishdik. Ajoyib uchrashuvdan tomoshabinlar ham lazzat olishgani shubhasiz. Asosiy maqsadimiz Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish edi. Buning uchun o'z mamlakatimizdagi murabbiylar bilan birga ishladik. Haqiqiy ish mana endi boshlanadi deb o'ylayman. Biz bor etiborimizni yarim final bahsiga qaratganmiz. Qirg'iziston terma jamoasini hurmat qilaman, bu juda yaxshi jamoa ekanini aytishim kerak. Uchta gol urganimizdan so'ng barchamiz bir xil kuch sarflashimiz kerakligini aytdim. Oldimizda yanada muhim o'yin kutib turibdi. SHu bois raqibning xatolaridan foydalanishga harakat qildik. Maqsadimiz musobaqa chemponi bo'lish. Yarim finalda katta ehtimol bilan Yaponiyaga qarshi o'ynaymiz. O'zbekiston terma jamoasini ham Jahon chempionatiga chiqqani bilan tabriklayman”, - deydi murabbiy.

- Yarim finaldan oldin qanday fikrlaringiz bor?
- Musobaqa boshida ham aytganman. O'yindan o'yinga xatolarimizni kamaytirib borishimiz kerak. CHempion bo'lishga haqlimiz. Maqsadimiz ham aynan shu. Yaponiya juda kuchli raqib, har bir raqibimizni hurmat qilamiz.

- Oxirgi ikki Osiyo chempionatida Yaponiya chempion bo'lgan. Keyingi bahsni Yaponiyaga qarshi o'ynasanglar kerak. To'qnashuvda kim favorit?
- Har bir raqibni hurmat qilamiz. O'sha kun maydonda kam xato qilsa va ko'p gol ursa o'sha jamoa g'olib bo'ladi.

- Bundan 10 yilgi Eron va hozirgi Eron. Sizningcha qaysi biri kuchliroq?
- Avvalgi Eron terma jamoasiga solishtirsak nisbatan yosh va o'yindan o'yinga kuchayib boradi. Buni musobaqada ham kuzatib borishingiz mumkin.

- Eron terma jamoasi 1992 yilgi Jahon chempionatida to'rtinchi o'rinni olgan. Bu yil ham kamida bu natijani takrorlash uchun nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz?
- Biz doim reja tuzayotganimizda Osiyoga emas Jahon chempionatiga qarab tuzadi. Ishontirib aytamanki mundialda qitamiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz. Bizning terma jamoamiz safida Eronning barcha yulduzlari jamlanmagan. Osiyoning ko'plab klublarida eronlik futzalchilarni ko'rishingiz mumkin.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика