Muhammad Gnontcha Kone: "Bizni “Qizilqum”ga qarshi qiyin o'yin kutmoqda"
23 may 2017 12:51
Yangiliklar
Muhammad Gnontcha Kone: "Bizni “Qizilqum”ga qarshi qiyin o'yin kutmoqda"
Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston Kubogida 1/8 final dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Kubokning amaldagi sohibi “Lokomotiv” o'z uyida “Qizilqum”ga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur uchrashuv oldidan “temiryo'lchilar” jamoasi himoyachisi Muhammad Gnontcha Kone klub matbuot xizmatiga o'yinoldi fikrlarini bildirib o'tdi.
– Bizni oson o'yin kutayotgani yo'q. CHunki har bir jamoa “Lokomotiv”ga qarshi o'yinga jiddiy hozirlik ko'radi. Qolaversa, “Qizilqum” ham yomon jamoa emas. Buni o'tgan safargi Oliy Liga doirasidagi o'yinda ko'rdik. Biroq biz har bir uchrashuvga faqat g'alaba qozonish uchun chiqamiz. Tayyorgarligimiz ham shunga monand ravishda bo'ldi.
“Lokomotiv” – Kubokning amaldagi sohibi sanaladi. Jamoamiz bu yil ham o'tgan safargi muvaffaqiyatni qaytarishga urinadi. Umid qilamanki, men ham “Lokomotiv”ning g'alabalariga munosib xissamni qo'shaman, – deydi mahoratli futbolchi.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar