So’nggi yangiliklar

07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  2 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2

Muhammad Diallo: Bunyodkor - haqiqiy professional jamoa ekan Yangiliklar

Muhammad Diallo: Bunyodkor - haqiqiy professional jamoa ekan

Bunyodkorning Minskdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari davomida jamoaga qo'shilgan kot-d'Ivuarlik hujumchi, vinger Muhammad Diallo o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Jamoada meni juda iliq kutib olishdi. Futbolchilar ham, murabbiylar ham o'ziga yaqin olib munosabatda bo'lishmoqda. Ahamiyatlisi, o'yinchilar na rangimga va na raqobatchiligimga etibor qaratishgani yo'q. Bu erda faqat futbol haqida o'ylasharkan. Jamoaga kelib qo'shilgan kunim bosh murabbiy Vadim Abramov bilan suhbatlashganimdayoq shuni tushunib etdim. Murabbiydan tortib futbolchilargacha ishga jiddiy munosabatda bo'lar ekan.

Vadim Abramov mendan nima xohlayotganini tushundim. U ko'proq gol urishimni va jamoaga yordam berishimni istamoqda. O'rtoqlik uchrashuvida «Bunyodkor»ning o'yinini tahlil qilar ekanman, futbolchilar aql bilan futbol o'ynashiga amin bo'ldim. Yigitlar bir-birlari pas o'ynashni qoyillatishadi. Qolaversa, futbolchilarning texnikasi ham etirofga molik.

«Bunyodkor»ga kelishimdan avval jamoa haqida qiziqqandim, internet orqali malumotlar to'plagandim, agentim ham klub to'g'risida gapirib bergandi. Kelib, jamoaga qo'shilib shunga amin bo'ldimki, «Bunyodkor» - haqiqiy professional jamoa ekan! Meni so'nggi jamoam Qatar klubi bo'lgan. SHunchaki, solishtirish uchun aytaman, u erda futbolchilar mashg'ulotga kelishadi va ketishadi. Bu erda o'yinchilar kasbiga juda jiddiy yondoshishiga guvoh bo'ldim. Qolaversa, futbolchilar yoshi kattami-kichkinami, hamma bir jamoa bo'lib yashar ekan. Bir-birlari bilan doimiy iliq munosabatda bo'larkan. Odatda klublarda yoshi kattalar va kichiklar alohida guruh bo'lib olishi tabiiy, ammo «Bunyodkor»da bunday holatni ko'rmadim. Faxriy futbolchi eng yosh bilan ham iliq munosabatda, u bilan bemalol ko'chaga chiqib, aylanib yura olishi mumkinligi guvohi bo'ldim.


Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика