So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  18 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

Muhammad Al Deayya - Saudiyalik "Janob qo'l" Yangiliklar

Muhammad Al Deayya - Saudiyalik "Janob qo'l"

Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarixidagi eng mashhur darvozabon Muhammad Al Deayya bugun 45 yoshni qarshi oldi.

Terma jamoa uchun uzoq vaqt bir xil darajada to'p tepish hammaga ham nasib etavermaydi. Saudiya Arabistonilik Muhammad Al Deayya 16 yoshdan terma jamoada o'ynashni boshlagan. Uni birinchi marta braziliyalik murabbiy Ivo Vortmann 1988 yil o'smirlar termasiga taklif etgandi. U juda ko'p marta to'plarni qaytargani uchun "Janob qo'l" degan laqabni olgan. 


Boshlang'ich davr

1989 yil SHotlandiyada bo'lib o'tgan FIFA U-16 jahon chempionatida Osiyo mintaqasidan Xitoy va Bahrayn singari Saudiya Arabistoni ham qatnashadi va bu musobaqaga yosh darvozabon ham boradi. 

Ushbu musobaqada saudiyaliklar kutilmaganda finalga qadar etib borishadi. Hal qiluvchi final o'yinida arablar mezbon SHotlandiya o'smirlariga qarshi 51 ming muxlis qarshisida saf tortishadi. 

Glazgodagi "Xempden Park" stadionida kechgan bahs 2:2 hisobida yakun topadi. Penaltilar seriyasida esa omad Saudiya Arabistoni tomonida bo'ladi - hisob 5:4. Muhammad Al Deayya ikkita penaltini qaytarib uchrashuv qahramoniga aylanadi. 

G'alabali onlar

1994 yil Saudiya futboli yangi davr sifatida tarixda qoldi. CHunki terma jamoa o'z tarixida ilk bor jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi. O'sha 1989 yil SHotlandiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida qatnashganlardan faqat Al Deayya milliy terma jamoaga taklif etiladi va u ham terma jamoa bilan AQSHga yo'l oladi. 

Endigina 22 yoshni qarshi olgan darvozabon argentinalik murabbiy Xorxe Solari etiborini qozona olgandi. Oradan ikki yil o'tib BAAda o'tkazilgan Osiyo Kubogida Saudiya Arabistoni muvaffaqiyatli ishtirok etadi, Muhammad Al Deayya esa tabiiyki asosiy darvozabon sifatida terma jamoa darvozasini qo'riqlaydi. 

O'sha musobaqada saudiyaliklar chempionlikni qo'lga kiritishadi. Al Deayya har bir bahsda chiroyli o'yin namoyish etadi. Ayniqsa, Eron bilan kechgan yarim final o'yinida uning penaltilar seriyasida qahramonlik ko'rsatgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Qizig'i shundaki, final o'yinida ham hisob ochilmaydi va yana penaltilar seriyasi o'ynaladi. Bunda saudiyaliklar mezbon BAAni 4:2 hisobida mag'lub etishadi. 


"Uembli"dagi larza 

Saudiya Arabistoni saralashdagi o'yinlarni muvaffaqiyatli yakunlab 1998 yilgi mundialga yo'l oladi. Jahon chempionatiga chiqqan arablar Angliya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish maqsadida "Uembli"ga borishadi. O'rtoqlik o'yini bo'lishiga qaramay, inglizlar tarkibida Alan SHirer, Teddi SHeringem, Pol Skoluz, Pol Gaskoyn, Ian Rayt kabi mashhur futbolchilar maydonga tushishadi. Ishonasizmi, o'yin davomida Muhammad Al Deayya 15ta seyvni amalga oshiradi va natijada bahs 0:0 hisobida yakun topadi. 

Bir oydan so'ng Franciyadagi mundial start oladi. Saudiya guruhida Franciya, Daniya va JAR termalari joy oladi. Al Deayya barcha uchrashuvlarda darvozani qo'riqlaydi, ammo boshqalar kuchli bo'lgani uchun guruhda qolib ketadi. 2002 yilgi jahon chempionati Saudiya Arabistoni uchun eng omadsiz davr bo'lgan. Germaniya bilan o'yinda ular 0:8 hisobida mag'lub bo'lishadi. 

To'rt yildan so'ng Germaniyada bo'lib o'tgan jahon chempionatiga mohir darvozabon ham boradi, biroq 34 yoshli posbon zaxirada qolib ketadi. Musobqadagi ishtirok yakuniga etganidan so'ng Al Deayya terma jamoa bilan xayrlashganini malum qiladi. U faoliyati davomida terma jamoa libosida 178 o'yinda maydonga tushgan. 

"Al Hilol" bilan yutuqlar 

Saudiyalik darvozabon o'z vaqtida "Al Hilol"ga 1,5 million dollar evaziga ko'chib o'tgandi. Aynan darvozabonlar orasida bu narx hali yangilangani yo'q, Al Deayya bu borada rekordchi bo'lib turibdi. 2000 yil darvozabon "Al Hilol" Osiyo chempionlar Kubogida zafar quchadi. Umuman olganda, Al Deayya "Al Hilol" safida 10 yil faoliyat olib borib bu davr oralig'ida katta yutuqlarga erishgan. U "Al Hilol" safida jami 16ta sovrin yutgan. Muhammad Al Deayya 2010 yil futbolchilik faoliyatini yakunlaydi va oradan ikki yil o'tib uning uchun "Yuventus" va "Al Hilol" o'rtasida xayrlashuv uchrashuvi tashkil etiladi.

X.Xoliqov tayyorladi. 


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика