Muhammad Abdulloh Hassan O'zbekistonning qaysi o'yinlarida ishlagan?
14 jan 2015 05:36
Yangiliklar

Muhammad Abdulloh Hassan O'zbekistonning qaysi o'yinlarida ishlagan?
Xabaringiz bor, Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuvni BAAlik Muhammad Abdulloh Hassan boshchiligidagi hakamlar ishlashadi.
Ushbu hakam O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda ikki marta faoliyat yuritgan.
2011 yilgi U-19 Osiyo CHempionati saralashi doirasidagi Pokistonga qarshi o'yinda vakillarimiz 3:0 hisobida zafar quchishgan. O'sha bahsda aynan Abdulloh Hassan ishlagan.
2014 yil Myanmada o'tgan Osiyo CHempionati yarim finalida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi KXDR bilan to'qnash kelgan. BAAlik hakam boshqargan o'sha o'yinda jamoamiz 0:5 hisobida mag'lub bo'lgandi.
Bundan tashqari Abdulloh Hassan "Bunyodkor" klubi ishtirokidagi o'yinda ham ishlagan. 2013 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida "qaldirg'ochlar" Toshkentda Yaponiyaning "Sanfrechche Xirosima" klubini qabul qilishgan va 0:0 hisobida durang o'ynashgan.
Bugungi Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi o'yindan keyin hakamlik haqida umuman yozmaslikka umid qilamiz. Barchasini futbolchilarning o'zi hal qilsin.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar