Mudrik bo'lmasa, Sudakov. "Arsenal" "SHaxtyor" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
25 mar 2024 14:39
Yangiliklar
Mudrik bo'lmasa, Sudakov. "Arsenal" "SHaxtyor" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
APLning beshta jamoasi ukrainalik futbolchini o'z tarkibida ko'rmoqchi.
"Arsenal" "SHaxtyor" yarim himoyachisi Georgiy Sudakovga qiziqmoqda, deb xabar berdi "Football London".
Manbaga ko'ra, "SHaxtyor" va "Arsenal" o'rtasidagi munosabatlar keskinlashganiga qaramay, "kanonirlar" hamon Georgiy Sudakov timsolida tarkibini kuchaytirish niyatida. Qayd etilishicha, 21 yoshli ukrainalik futbolchini nafaqat "Arsenal", balki "CHelsi", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Nyukasl" klublari ham kuzatib borishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Sudakov joriy mavsum "SHaxtyor" safida 24 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portaliga ko'ra, futbolchining taxminiy narxi 25 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar