So’nggi yangiliklar

23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 23:10"Челси" — ПСЖ. Таркиблар маълум  11 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  121 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1

Muborakda "asr sensaciyasi" bo'ladimi? Yangiliklar

Muborakda "asr sensaciyasi" bo'ladimi?

Qisqa tanaffusdan keyin Superliga bahslari davom ettiriladi.

Ertaga 16:45 da start oladigan "Mashal" va "Andijon" jamoalari o'rtasidagi bahs 17-turni boshlab beradi.

Mash’al

Superliga. 17-tur

09/09/2021, 16:45

1
:
0
Tugadi

Andijon

Usmonali Ismonaliev - 31'

45'
90'
28'  Sirojiddin Allaev
64'  Ibe Michel Okoro (Shahzod Shaymanov)
64'  Oybek Nurmatov (Xudoyorxon Sagdullaev)
78'  Muhammadali YUldashev (Muhammadali Aliqulov)
78'  Abbos Shodmonov (Qahramon Bahodirov)
87'  Okvara Godvin CHika (Zafarbek Akramov)
15'  Muhammadkarim Toirov
31'  Usmonali Ismonaliev
46'  Muhammadkarim Toirov (Diyor Rahimqulov)
66'  Sardor Xursandov
74'  Diyor Rahimqulov
80'  Azamat Isroilov (Abdulhay Ismoilov)
86'  SHerzod G'ulomzhonov (Pavel Zabelin)

TURNIR JADVALI

G'alaba har 2 tomonga ham suv va havodek zarur. "Andijon" ayni paytda Superligani tark etish uchun asosiy davogar bo'lib turibdi.  "Mashal" esa xavfli hududdan 2 ochko yuqoriroqda. 17-turning o'zidayoq "Surxon" muborak klubini ortda qoldirib, autsayderlar orasiga qo'shib qo'yishi mumkin.

Birinchi davra

Mazkur jamoalar Superliganing4-turida o'zaro to'qnashishgan edi. O'shanda kuchlar teng kelgan (1:1).

Coca Cola Superliga. 4-tur
ANDIJON – MASH'AL 1:1  

1 aprel 2021 yil. Andijon. "Bobur Arena" stadioni.

Gol: Samuel Ononivu 21, 0:1 - Jasur Jaloliddinov 33, 1:1

"Andijon": 1. Nizomiddin Ziyovuddinov, 3. Edgar Bernxardt (70.Diyor Rahimqulov, 70) (S), 4. Usmonali Ismonaliev, 5. Abduvohid G'ulomov, 7. Martin Boake, 8. Baxtiyor Qosimov (Kamron Saidazimov, 46), 10. Jasur Jaloliddinov, 14. Doniyor Ismoilov (17.Farhod Sohibjonov, 70) 28. Sunnatilla Hamidjonov, 33. Doniyor Abdumannopov, 49. Plamen Dimov.
Zaxira: 44. Jasur Umrzoqov, 2. Kemran Najafaliev, 6. Ibrohim Otaxonov, 9. Kamron Saidazimov, 17. Farhod Sohibjonov, 70. Diyor Rahimqulov, 77. Muhammad Isaev.

"Mashal": 12. SHohruh Eshbo'taev, 7. Ifiani Ifiani, 10. Humoyun Murtozaev, 11. Samuel Ononivu (21. Ukeme Villiams, 88), 13. SHahzod SHaymanov, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 18. Abbos SHodmonov, 19. Sardor Abduraimov (S) (9. Doniyor Usmonov, 82), 20. Xudoyorxon Sagdullaev (27. Muhammad Yo'ldoshev ,61), 22. Siroj Qo'ziev, 23. Samandar SHukurillaev.
Zaxira: 1. Botir Nosirov, 2. Zafarbek Akramov, 5. Najmiddin Normurodov, 8. Ibi Mishel Okoro, 9. Doniyor Usmanov, 21. Ukeme Villiams, 27. Muhammad Yo'ldoshev.

Ogoxlantirishlar: Baxtiyor Qosimov ("Andijon") 10, Sunnatilla Hamidjonov  ("Andijon") 46, Abduvohid G'ulomov ("Andijon") 53, Nizomiddin Ziyovutdinov ("Andijon") 90+3, Ukeme Villiams ("Mashal") 90+10.

Safarda o'ynolmaydigan "Andijon"

"Andijon" mavsum davomida 11 o'yinni "Bobur Arena"dan tashqarida o'tkazdi (Olmaliqda AGMK bilan, Namanganda "Qizilqum" va "Turon" bilan o'tkazilgan o'yinlarda "burgutlar" rasmiy mezbon edi). Etiborli jihati, "Andijon" mazkur bahslardagi 33 ochkolik imkoniyatdan faqat 3 ball yig'ishni uddaladi. To'plar nisbati: -13 (7-20). Jamoaning safardagi yagona g'alabasi 12-tur doirasida "Navbahor" maydonida qo'lga kiritilgan edi (0:1).

Viktor Kumikov shogirdlari bu borada Superligadagi eng yomon jamoa bo'lib turishibdi.

Mezbon faktori

Yuqorida "Andijon"ning joriy mavsum safar o'yinlarida muvaffaqiyatsiz ishtirok etayotgani haqida aytdik. Bilasizmi, "Mashal" maydoni "burgutlar" uchun jahannamning o'zginasi hisoblanadi. "Andijon" O'zbekiston chempionatlari tarixida biror marta ham Muborakdan g'alaba bilan qaytmagan. 18 o'yin — 3 durang, 15 mag'lubiyat (Quyi diviziondagi o'yinlar ham hisobga olingan). To'plar nisbati: -34 (9-43).

SHunday ekan, ertaga Kumikov shogirdlari nafaqat bu yil yoki 21-asrda, balki o'z tarixida ilk bor Muborakda zafar quchishi mumkin. Nima deb o'ylaysiz, sensaciya ko'ramizmi?

Darvoqe, bugun klublarning U-21 jamoalari o'rtasidagi o'yin qashqadaryoliklarning yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakun topdi.

"SHavkat "molodec", klubdan faqat nom qolgan" — Usmon Toshev

Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика