So’nggi yangiliklar

12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  2 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  14 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  0 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  5 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  5 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  2 08:08Бугун финал!  11 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  17 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  11 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  25 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5

Muborak Ramazon oyidagi Superliga o'yinlari boshlanish vaqtlari Yangiliklar

Muborak Ramazon oyidagi Superliga o'yinlari boshlanish vaqtlari

Teglar :  SuperligaO'FAPFL
Kelasi haftada muborak Ramazon oyi boshlanadi.

SHundan kelib chiqib, O'zbekiston futbol Associaciyasi hamda Professional futbol ligasi rahbariyati futbol uchrashuvlari vaqtini muxlislar talabidan kelib chiqib, qayta ko'rib chiqishi haqida avval xabar berib o'tilgan edi.

Jumladan, O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bu borada quyidagi fikrlarni bildirib o'tgandi: “Muxlislarni futbol maydonlariga qaytarish uchun izlanishdan to'xtamaymiz. Ular uchun yaratib beriladigan har qanday sharoit birinchi navbatda o'zimizni ham xursand qiladi. Bunda birinchi galda iftorlik vaqtini hisobga olish kerak. Yani, futbol uchrashuvlari shunday vaqtga qo'yiladiki, bo'limlarning tugashi og'iz ochish vaqtiga yo'l ochib beradi. Islom diniga etiqod qiluvchi futbol muxlislarimiz iftorlik qilish hamda o'z farzlarini ado etish imkoniyatiga ega bo'lishadi”.

Ana shundan kelib chiqqan holda, muborak Ramazon oyida bo'lib o'tadigan Superliga bahslari quyidagi vaqtlarga belgilandi:

Superliga 12-tur
22 may


Soat 18:49 “Qo'qon-1912” – “Buxoro” (Jonli efir)
Soat 18:56 “Lokomotiv” – “Qizilqum”


13-tur
25 may

Soat 18:49 “Neftchi” – “So'g'diyona”
Soat 18:59 “Paxtakor” – “Bunyodkor” (Jonli efir)
Soat 19:20 “Buxoro” – “Nasaf”

26 may
Soat 18:50 “Navbahor” - AGMK (Jonli efir)
Soat 19:00 “Metallurg” – “Lokomotiv”
Soat 18:53 “Qo'qon-1912” - “Qizilqum”

Ko'rib turganingizdek, o'yinlar vaqti shunday tuzilganki, birinchi bo'lim tugaganini bildiruvchi hakamning hushtagidan keyin muxlislar iftorlik qilishlari va farzlarni ado qilishlari mumkin. Bu vaziyatda turli hududlarda quyosh botishi har xil vaqtga to'g'ri kelishi, shundan kelib chiqqan holda, og'iz ochish vaqtlari ham bir-biridan farq qilishi inobatga olingan.



Yana bir malumotni aytib o'tish zarur. 13-turdan o'rin olgan “Qizilqum” – “Qo'qon-1912” o'yini quraga ko'ra aslida Navoiy shahrida bo'lib o'tishi kerak edi.

Ammo 2-turdagi “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” o'yini Qo'qondagi stadionda rekonstrukciya ishlari olib borilayotgani tufayli Navoiyda o'tkazilgan. SHu sababdan endi 13-turdan o'rin olgan o'yin Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohida bo'lib o'tadi.

Reyting: +125   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика