So’nggi yangiliklar

00:10Матеус Кунья: "Манчестер Юнайтед"ни болалигимдан яхши кўраман"  0 23:57Промес ҳибсга олинди, у 7,5 йилга қамалиши мумкин  0 23:31Жон Дуран "Ал Насср"дан кетиши мумкин  0 23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  1 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  1 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  2 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  11 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  9 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6

"Xorazm" darvozaboni, Nukusda gol urgan futbolchi, mavsumdagi ilk g'alabasiga erishgan murabbiy - Pro liga 3-tur laureatlari Yangiliklar

"Xorazm" darvozaboni, Nukusda gol urgan futbolchi, mavsumdagi ilk g'alabasiga erishgan murabbiy - Pro liga 3-tur laureatlari

Championat.asia sayti Pro liga 3-turining eng yaxshilarini aniqladi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 3-turning eng yaxshi darvozaboni - Mashhur Muhammadjonov ("Xorazm")

"Xorazm" bu turda safarda "Buxoro" mehmoni bo'ldi va 0:0 hisobida durang o'ynadi. Urganchliklar posboni Mashhur Muhammadjonov bir necha bor o'z jamoasini gollardan qutqarib qoldi. SHu bois Muhammadjonov turning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olindi.



"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 3-turning eng yaxshi futbolchisi - Bahrom Abdurahimov ("Qo'qon-1912")

Qo'qonliklar Pro liganing 3-turida dastlabki g'alabasini tantana qildi. Nukusda "Aral"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonish hammaga ham nasib qilavermaydi. SHu kuni qo'qonliklar tarkibida tajribali Bahrom Abdurahimov juda faol bo'ldi va jamoasining muhim gollaridan birini urishga erishdi. Aynan shu bois Abdurahimov turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

 


"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 3-turning eng yaxshi murabbiyi - Muhsin Nizomiddinov ("Qo'qon-1912")

"Qo'qon-1912" joriy mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritgani haqida yuqorida yozdik. Nukusdagi muhim g'alaba qo'lga kiritilishida murabbiy Muhsin Nizomiddinovning xizmati katta. Saytimiz talqiniga ko'ra, aynan Nizomiddinov turning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi.

 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика