MTJ mashg'ulotlaridan: Hamisha quvnoq Vitaliy Denisov
10 iyu 2015 13:32
Yangiliklar


MTJ mashg'ulotlaridan: Hamisha quvnoq Vitaliy Denisov
Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi safida o'z o'yinlari bilan Moskva va o'zbekistonlik muxlislarni quvontirib kelayotgan Vitaliy Denisov kecha obektivimiz nishonida bo'ldi.
Vitalik hayotda ancha xush chaq-chaq yigit. Muomulasi ham ajoyib, kibr va man-manlikdan yiroq. Barcha bilan birdek munosabatda bo'ladi. Oilada ham o'z o'rniga ega futbolchi.
Kamtarga kamol deb bejizga aytishmagan. Denisov bunga misol...
"Lokomotiv" sayti tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada uchtalikdan o'rin olgan futbolchi, bir zum bo'lsada to'pni qo'yib yuborgisi kelmaydi...
"Nima uchun meni ofisga chaqirmay qo'yding", - deya "jaloba" qildi Vitalik... KXDR bilan o'yin o'tib olsin, katta suhbat quramiz...
Albatta agar biron erga dam olish uchun ketib qolmasa... Yaxshi dam olmoq darkor... U va Odilni 2015/16 yilgi Evropa ligasi kutib turibdi...
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar