So’nggi yangiliklar

00:00Париж-2024. Франция - Миср  3 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  0 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  12 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  0 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  3 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1

MTJda bir hafta ichida ruy bergan voqealar Yangiliklar

MTJda bir hafta ichida ruy bergan voqealar

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz 6 oktyabrdan buyon Toshkentdagi TTMI stadionida KXDR va Qatarga qarshi o'rtoqlik o'yinlariga taraddud ko'rmoqda.

Kuperning ikkinchi yig'iniga bugun bir hafta to'ladi. SHu kunga qadar terma jamoa lagerida bir qator voqealar ruy berdi. Keling shular haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Ko'pchilikning etiboriga tushgan va hozirda muhokama bo'layotgan ayni jarohatlar haqida qisqacha: Dastlab "Navbahor" kiperi Botirali Ergashev jarohatini tuzatib olish maqsadida terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuperdan mazkur yig'inni o'tkazib yuborish uchun ruxsat so'ragan. Jarohatini to'liq davolib olishi uchun esa unga ruxsat berilgan va o'rniga AGMK posboni Roman Abdulov chaqirildi.

Mashg'ulotlarning birinchi kunida "Paxtakor" darvozaboni Eldorbek Suyunov jarohat oldi. Ammo terma jamoada uning jarohatini davolash uchun imkoniyat bo'lmagani bois darvozabon o'z klubi ixtiyoriga qo'yib yuborildi. Yig'inga jami 4 nafar kiper chaqirilgani bois uning o'rni hech kim bilan to'ldirilmadi.

O'sha kuni mashg'ulot paytida "podkat" qilish orqali son mushagini lat edirib olgan SHerzod Azamov ikkinchi kungi mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. Dastlab uning jarohatini u qadar jiddiy emasligi taxmin qilingandi. Biroq uchinchi kungi mashg'ulotlarga chiqqan Azamovning jarohati to'liq tiklanmagani uchun unga ham javob berib yuborildi. Natijada Azamov ham jarohatini davolash uchun klub ixtiyoriga jo'nab ketdi. To'rtinchi kungi mashg'ulotlardan boshlab uning o'rniga "Lokomotiv" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev taklif etildi.

Yig'inning uchinchi kuni, yani 8 oktyabrda OFK terma jamoada shug'ullanayotgan "Paxtakor" futbolchisi Jaloliddin Masharipovga nisbatan diskvalifikaciya qo'llaganini elon qildi. Qarorga ko'ra, futbolchi Osiyo o'yinlari doirasidagi Janubiy Koreya bilan o'yindan keyin hakamga qarata suv idishini otgani uchun 6 oy muddat o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etishi taqiqlab qo'yildi. Kuper esa mashg'ulotlarga qatnab turgan Masharipovni baribir KXDR yoki Qatarga qarshi bahslarda maydonga tushira olmasligini bilib, uni ham beshinchi kuni klub ixtiyoriga qo'yib yubordi.

Terma jamoa lagerini birin-ketin tark etgan uch nafar futbolchining "Paxtakor"ga tegishli bo'lgani ko'pchilikda bir savolni uyg'otdi. Nega faqat "Paxtakor" futbolchilari? Nahotki ularning bari bir vaqtda jarohat olsa, degan shubha yoki gumonlar ham tug'ilgani rost. Ayniqsa "Lokomotiv" tomonlardan bu ovoz "eshitildi".

To'g'ri, terma jamoa o'yinlari tugagach Superliganing chempionlik bahsiga qiyoslanayotgan Toshkent derbisida "Lokomotiv" va "Paxtakor" o'zaro to'qnashadi. Ammo bu jihat "Paxtakor" futbolchilarining jarohatlariga shubha uyg'otmasligi lozim.

Nega deysizmi? Hozir tushuntiraman. Ko'pchilik uchun g'alati ko'ringan jarohatlar ketma-ketligi qanday ruy bergani va nima uchun sodir bo'lganini bilmasdan turib fikr bildirish noo'rin. Keyin Jaloliddin Masharipovning diskvalifikaciya ham shu pallaga to'g'ri kelgani tasodifdan o'zgasi emas. Keyin terma jamoada kichik, engil jarohatni davolash uchun sharoit bo'lmaganiga "Paxtakor"ning hech qanday aybi yo'q.

Hech kim "Lokomotiv"ning ikki nafar asosiy futbolchilari Rashidov va Mirzaevning jarohatiga shubha bilan qarayotgani yo'q. Yoki Kuper endigina jarohatini davolab qaytgan SHuhrat Muhammadievni ham mazkur yig'inga jalb etib bezovta qilgani yo'q. CHunki futbolda istalgan daqiqa yoki odatiy mashg'ulotda ham jarohat olish mumkin.



Azamovning jarohatiga asosiy sabab, bu maydon sug'orilmagani tufayli futbolchi to'pga tashlanish jarayonida quruq maydonda sirpanmagan va son mushagini shikastlab olgan. Masalan, Eldor Suyunovning jarohatini terma jamoa ixtiyorida ham davolab, birinchi bahsda bo'lmasada ikkinchi o'rtoqlik o'yinida o'ynatish mumkin edi. Biroq hamma gap sharoitda qolgan. Kuper ham futbolchilarni quruq olib o'tirishdan ko'ra, jarohatini yana qaytalab olmasligi uchun tinchgina klub ixtiyoriga jo'natgan.

Kecha esa jarohatlar ketma-ketligidan havotirga tushgan darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov g'alati holatda mashg'ulot o'tkazishiga majbur bo'ldi. Darvozabonlarning mashg'uloti paytida maxsus idish orqali dastlab maydonni sug'ordi va keyin mashqlarni o'tashga o'tdi.

Hech kim o'z xohishi bilan terma jamoa ixtiyoridan ketmaydi. Har qanday futbolchi uchun terma jamoa libosida maydonga tushish sharaf. Jarohat esa futbolning bir bo'lagi. Undan qochib bo'lmaydi. Mana yaqinda Germaniya terma jamoasiga chaqirilgan 5 nafar futbolchi jarohati tufayli yig'inda ishtirok etmadi. Ayniqsa Osiyo kubogi oldidan barcha futbolchilar yangi murabbiy Ektor Kuperga o'zini yaxshi taraflama ko'rsatgisi va yakuniy ro'yxatdan joy olish uchun kurashgisi keladi. Jarohati bois ikkinchi yig'inni o'tkazib yuborayotgan Azamov bundan xursand deb o'ylaysizmi?

SHunday gap chiqarayotgan yoki shunday fikr bildirayotganlar uchun yana bir eslatma: Ayni paytda terma jamoa shifokori sifatida boy tajribaga ega, vatanparvar va yuqori malakali professional Abror Pirriev ishlamoqda. Ko'pchilik balki bilmas, ammo Abror Pirriev aynan "Lokomotiv" klubida faoliyat yuritadi. Jarohatlar rost yoki yolg'onligini aynan shu mutaxassis hammadan ko'ra ko'proq bilishi aniq. Bu erda hech qanday shubhaga o'rin yo'q.

Terma jamoa yig'inga kirishgani va mashg'ulotlarni boshlaganiga bugun bir hafta to'ldi. Biroq sanoqli jurnalistlardan tashqari birorta qalam ahli mashg'ulotlarga ko'rinish berishgani yoki jarayonni kuzatishgani yo'q. Faqatgina 10 oktyabr kungi mashg'ulotda "Kun.uz" nashri ijodiy guruhi MTJ lageridan lavha tayyorlab ketishdi. Yaxshisi, ko'rmagan, bilmagan yoki tushunmagan narsasi haqida gapirmagan maqul. Futbol bu faqat o'yinoldi matbuot anjumanlari yoki o'yindan iborat emas. Bu erda o'yingacha bo'ladigan jarayon mavjud. O'sha jarayonda "qaynayotgan" narsalar haqida tasavvurga ega bo'lmay fikr bildirish noprofessionallik!



Bizning futbolchilar, terma jamoada ish olib borayotgan personal, yani xodimlar juda vatanparvar. Bizda odatda bu haqida gapirsa yoki bong ursa, "paxtachi"ga chiqarish urfga aylangan. Ammo haqiqatni hamma ham to'g'ri qabul qila olmaydi. Nafaqat futbolchilar, balki terma jamoa uchun ter to'kayotgan barcha ishchi xodimlar bosh jamoamiz uchun birdek qayg'urishadi. Xattoki tekinga, hech qanday shartnomalarsiz ishlashmoqda. MTJda faqatgina Kuper va u bilan birga kelgan shtabdagi murabbiylarda rasman shartnoma mavjud. O'zimizning qora qo'zlar esa shunchaki "rahmatga" ishlashayotganini ko'pchilik bilmaydi. Ammo buni payqagan va O'FAdan sado chiqmaganidan ranjigan Kuper kuni kecha o'z cho'ntagidan butun shtabda faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarni "xizmat haqi" to'lagan. Birinchi yig'indan so'ng barcha bilan rasman shartnoma imzolashlari kerakligini tushuntirgan Kuperning mazkur talabi hali ham bajarilmagani achinarli. Nega o'zimizning odamlar uchun xorijdan kelgan mutaxassis qayg'urishi kerak? O'zimizchi?

Qani bu erda professionallik? Har bir ishni chin yurakdan qilish lozim.

Ektor Kuper nafaqat xodimlarga, balki bundan buyon terma jamoada o'ynaydigan futbolchilar uchun mukofot pullari joriy etilishi zarurligini tushuntirgan. Butun dunyoda bor amaliyotni bu erda ham qo'llash talabini qo'ygan. CHunki futbolchi terma jamoaga kelib ham jarohat olishi va malum muddat safdan chiqish ehtimoli yo'q emas. Buning natijasida esa o'sha futbolchi klubida o'ynab erishish mumkin bo'lgan mablag', yani mukofot pullaridan quruq qoladi. Bejizga FIFA ham terma jamoa o'yinida jarohatlanadigan futbolchi uchun klublarga pul konpensaciya puli o'tkazib bermaydi.



Har doim takidlanadigan, ammo hech etibor berilmaydigan haqiqat: Futbolda mayda detallar bo'lmaydi. O'FA qachon o'sha mayda detallarga qadar etiborni kuchaytirmaguncha haqiqiy professional tashkilotga aylanmaydi. Bundan esa muammolar paydo bo'laveradi. Kichik, ammo tasiri kuchli muammo ildiz olaveradi.

Muallif :
Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика