So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  28 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

MTJ yo'lida "qurbon bo'lganlar", endi YOTJdan ham jabr chekishi kerakmi? Yangiliklar

MTJ yo'lida "qurbon bo'lganlar", endi YOTJdan ham jabr chekishi kerakmi?

MTJ (milliy terma jamoa)ni bir chetga surib turamiz.

Lekin so'nggi 10 yilda O'TJ (o'smirlar terma jamoasi), YOTJ (yoshlar terma jamoasi) va OTJ (olimpiya terma jamoasi)ning yig'inlari deb asosiy tarkibda o'ynab turgan futbolchini olib ketaverish avj oldi.

Bu ish berdimi? O'zbekiston olimpiya terma jamoasi hali hamon Olimpiadaga chiqa olgani yo'q. So'nggi JCHlarga ham borganimiz yo'q.

Ko'p murabbiylar bizni ko'rib qolsa etiroz bilan chiqishadi. "SHuni yozsangiz bo'lmaydimi, asosiy tarkibda o'ynab turgan futbolchini klubdan olib ketib qolaverishadi. Keyin u kelib zaxirada o'tiradi. Yana o'yin amaliyotini berganimizda, yana xorij yig'ini"...



Biz yozib charchadik, mard bo'lib chiqinglar, OAV orqali intervyu beringlar va nihoyat hech bo'lmasa Yaponiya yoki Koreyaga o'xshab o'z huquqingizni himoya qilib, bermang futbolchingizni... Siz jinoyat qilmayapsiz-ku, o'z huquqingizni talab qiling. Axir bu futbol ravnaqi yo'lida-ku. Xo'jako'rsinga tuzilgan murabbiylar kengashidan ne foyda? Yoki nima, faqat "Paxtakor"dami eng yaxshi murabbiylar? Bundoq to'planib taklif bering, o'z murabbiyingizni "tiqishtiring", keltirib bering uning kuchliligini. Har bir yosh terma jamoasiga betaraf murabbiy qo'yish payti allaqachon keldi.

Rossiya bilan bo'lib o'tgan o'yinga chaqirilgan futbolchilar ichida quyidagilar bugungi kunda o'z jamolarining asosiy tarkibidan o'rin olganlar:

Darvozabon
SHohrux Eshbo'taev (“So'g'diyona”) -  19.12.1996

Himoyachilar:
Doston Tursunov (“Metallurg”) - 13.06.1995
Islomjon Qobilov (“Metallurg”) -  01.07.1997
Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”) - 07.07.1996
Akram Komilov (“Bunyodkor”) - 14.03.1996

Yarim himoyachilar:
Abdujamol Isroilov (”Dinamo”) -  24.12.1996
Javohir Sidiqov (“Qo'qon-1912”) - 08.12.1996
Aziz G'aniev (“Nasaf”) - 22.02.1998
Javohir Qahramonov (”Dinamo”) -  21.03.1996
Islom Rashidxonov (“Nasaf”) - 22.10.1997
Bobir Abduxoliqov (“Nasaf”) - 23.04.1997
Odil Hamrobekov (“Nasaf”) - 13.02.1996
Ergash Ismoilov (“Buxoro”) -  28.07.1995
Doniyor Narzullaev (“Nasaf”) - 11.04.1995
Doston Hamdamov (“Bunyodkor”) - 24.07.1996

Hujumchi:
Zabihillo O'rinboev (“Olmaliq”) - 30.03.1995



2018 yil Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati bizga hech nima bermaydi. 2020 yildagisi esa Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini taqdim etadi. Unga tayyorgarlik ko'rish kerak. Lekin bugungisi ortiqcha. U erga keyingi musobaqani o'ylagan holda, oliy ligada o'z o'rnini topa olmayotgan 1997 yilda tavallud topgan futbolchilarni. Ularga esa xuddi shunday o'z o'rnini topishda qiynalayotgan 1995-96 yilda tug'ilgan futbolchilarni jalb qilish kerak. Yaxshilab istasa 1998-99 yillarda tavallud topgan futbolchilar ham chiqadi. Evropa ligasi finaliga chiqqan, Gollandiyada ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan "Ayaks" misolida ko'rishimiz mumkin, ishlasa, izlasa hamma narsaning uddasidan chiqsa bo'ladi. "Ayaks"ning 1995-99 yilda tug'ilgan aksar futbolchilari asosiy tarkibda yuqoridagi yutuqqa erishdilar. Bizda shu yoshdan terma jamoa qilib ko'ring, O'zbekiston Kubogining finaliga ham chiqa olmaydi. CHunki ishlamaymiz, ishlashni bilmaymiz, o'rganishni istamaymiz, sababi biz o'zimiz uchun aqllimiz!

Yoshlar terma jamoalarida qayd etiladigan suniy natijalar bilan kerilamiz. Kattalarga kelganda raqiblarning natijasini kutib o'tiramiz. Bularning bariga tuppa-tuzuk yosh o'yinchi chiqayotgan payt ularni sarson qilishimiz sabab. Klubida o'ynayaptimi, o'ynasin. Nima keragi bor uni yig'inma-yig'in sudrashning? Bu savollarga necha yildan beri javob ololmayman. Balki men noto'g'ri o'ylayapman desam, Evropada shunday, Lotin Amerikasida shunday, nahot biz ularga qaraganda to'g'ri ishlayapmiz?

Xitoyda yig'in boshlangan kuni oliy ligada 13-tur o'yinlari bo'ladi. O'z-o'zidan asosiy tarkib o'yinchilaridan bir necha nafari o'z klublariga yordam bera olmaydilar. Oliy ligada har bir ochko qimmatli. Kelishilgan o'yinlarga barham berilyapti, endi barcha o'z kuchi bilan ochko olish ilinjida. SHunday ekan, nega PFL ularning huquqini himoya qilmaydi?


Xitoyda bo'lib o'tadigan yig'in davomidagi o'yinlar taqvimi:

14 iyun (chorshanba)
"Qizilqum" – "Mashal"
"Obod" – "Metallurg"
"So'g'diyona" – "Navbahor"
"Neftchi" – "Dinamo"

15 iyun (payshanba)
"Nasaf" – "SHo'rtan"
"Olmaliq" – "Paxtakor"
"Bunyodkor" – "Qo'qon-1912"
"Buxoro" – "Lokomotiv"

Hozircha ro'yxat elon qilinmadi. Agar Rossiya bilan bo'lib o'tgan o'yindagi tarkib jalb qilinsa, unda "Metallurg" ikki nafar asosiy tarkib himoyachisi xizmatidan foydalana olmaydi, "Obod"ga qarshi o'yinda. "So'g'diyona" esa darvozabonini qo'yib yuborishga majbur. "Navbahor" so'nggi o'yinlarda g'alaba qozona olmayapti, bu ularga qo'l kelishi aniq. "O'ra"dan chiqib keta olmayotgan "Bunyodkor", bugungi kunda yuqori formaga kirib olgan "Qo'qon-1912"ga qarshi uch nafar asosiy tarkib futbolchisidan foydalana olmasligi mumkin. "Qo'qon-1912"ning baxtiga Javohir Sidiqov MTJga chaqirildi, 15 iyundagi o'yindan keyin "Qo'qon-1912" ixtiyoriga etib keladi. Aks holda u ham buyuk Xitoy devorini tomosha qilib kelishga majbur bo'lardi.

Muammo shunda-ki, Ravshan Haydarov MTJ murabbiyi sifatida shu o'yinda qaerda bo'ladi? MTJ bilan Eronga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'radimi yoki Xitoyga ketadimi? Bir murabbiyning "mingta" joyda ishlash operaciyasi O'zbekistonda shu kungacha o'zini oqlamagan, oqlamaydi ham, oqlamayapti ham-ki, biz shu tizimdan chiqib keta olmayapmiz.



"Nasaf" voha derbisida "SHo'rtan"ga qarshi bahs olib boradi. Agar ularning o'yinlari qoldirilmasa, asosiy va zaxira o'rindig'ida o'tiradigan aksar futbolchilarning xizmatidan Ro'ziqul Berdiev foydalana olmaydi.

So'nggi so'z o'rnida. Yig'in qilsak ham tanqid qilishadi deydiganlarga...
Yig'in ham bo'ldi, hech qaerga, hech qanday yo'llanma bermasa-da Osiyo chempionatiga ham chiqdik. O'ynadik ham, ana to'rtinchi o'rinni, ana boringki birinchi o'rinni qo'lga kiritdik ham deylik, xo'sh? Futbolimiz rivojlanib, o'sha yigitlar JCHga bizni olib chiqa oladimi? Ana selekciya qilib, oliy liganing asosiy tarkibiga kira olmayotgan yoki birinchi ligada o'ynayotgan futbolchilarni yig'ib mashg'ulot o'tkazib keling xorijda, gap yo'q. Lekin tayyor o'yinchining klubida gullab yashnab, MTJga foyda keltirishiga yo'l ham ochib bering!

Ha-mi? Unda nega shu paytgacha bu narsa o'z ishini bermadi?
Yo'q-mi? Nega unda foydasi yo'q narsaga 10 yildan beri vaqt sarflaymiz?

Tez kunlarda Aziz Haydarovning ochiq intervyusini o'qiysiz. Yolg'on gapirishni yomon ko'radigan futbolchimiz ochiqchasiga bu holatda JCHga chiqib o'zimizni o'zimiz aldab qo'yishimizni aytib o'tgan.

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика