MTJ tarkibida bitta o'zgarish bo'ladi(mi)?
12 noy 2015 15:08
Yangiliklar
MTJ tarkibida bitta o'zgarish bo'ladi(mi)?
Yana 3 soatdan so'ng O'zbekiston miliiy terma jamoasi "Paxtakor" Markaziy stadionida KXDR terma jamoasiga qarshi o'yinni boshlaydi.
MTJning mashg'ulotlaridan kelib chiqib, bugungi bahsda quyidagi futbolchilar maydonga tushishini aytishimiz mumkin.
Darvozabon: Aleksandr Lobanov
Himoyachilar: Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Egor Krimec, Islom To'xtaxo'jaev
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Sardor Rashidov, Server Jeparov, Marat Bikmaev.
Hujumchi: Igor Seregeev.
Aynan shunday tarkib bilan terma jamoamiz Bahraynni o'z maydonida yirik hisobda mag'lubiyatga uchratib qaytgan edi. Faqat Denisovning jarohati tufayli, asosiy tarkibda Andreev harakat qilgan.
Keling, bugungi o'yinda terma jamoamizga omad tilaylik! Tarkibdan kim o'rin olmasin, barchamizga soat 19:50da "G'ALABA", degan so'zni qayta - qayta aytish nasib etsin.
Olg'a, O'ZBEKISTON!
O’xshash yangiliklar
22:01
Jiyanov qo'shildi, Yusupov va O'rinboev yo'q. "Navbahor"ning bugungi mashg'ulotidan GALEREYA 2
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar