So’nggi yangiliklar

01:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" – "Ньюкасл", "Брайтон" – "Челси" (онлайн ҳисоб)  1 01:09Россия кубоги, ярим финал. ЦСКА пенальтилар сериясида "Зенит"га ютқазди. Файзуллаев сериядан бир неча дақиқа аввал алмаштирилди  0 00:06Тони Кроос де Лигтнинг голида ҳакам хато қилганини айтди  8 23:33Италия кубоги финали! "Аталанта" – "Ювентус". Бошланғич таркиблар аниқ  0 23:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" – "Ньюкасл". Асосий таркиблар аниқ!  4 23:05АПЛ. "Брайтон" – "Челси". Таркиблар аниқ!  4 22:59Ла Лига мавсумнинг энг яхши ёш ўйинчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  6 22:36АПЛда янги мавсумдан ВАР бекор қилиниши мумкин!  8 22:00Россия кубоги ярим финали! "Зенит" – ЦСКА. Файзуллаев асосий таркибдами?  15 21:53"Ювентус" янги бош мураббий билан келишиб қўйди  3 21:21Жейми Каррагер: "Ортега "Сити"ни чемпион қилди"  7 20:57Ла Лигада мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар эълон қилинди. Хави улар орасида йўқ  6 20:40Танга ташлаш орқали финалчи аниқланган ҳамда ҳал қилувчи ўйини қайта ўтказилган Европа чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  1 20:19"Футбол олами". "Нефтчи" - "Андижон" 2:2, "Навбаҳор"да ғалаба ва 7-турнинг қолган ўйинлари ҳақида  0 20:07Беллингем, Винисиус, Левандовски, Гризманн... Ла Лигада ким энг яхши бўлади?  17

Moziyga qaytib... Poydevor (2-qism) Yangiliklar

Moziyga qaytib... Poydevor (2-qism)

Avval eslatib o'tganimizdek, 1993 yilning 21 iyulidan yurtimizda “O'zbekiston futboli” gazetasi chop etila boshlandi.

Oradan 14 yil o'tib, “Odamlar orasida” gazetasi chiqa boshlaganda, uning bosh muharriri Xayrulla Hamidov menga yuzlanib yurtimizda bolalar futboli muammolari hali ham hal bo'lmagani, shu haqda tahliliy maqola yozib berishimni so'radi. SHu tariqa “Poydevor” mavzusi davom ettirildi hamda gazetaning bir necha sonida o'quvchilar etiboriga havola etildi.


Moziyga qaytib... Poydevor (1-qism)        


POYDEVOR. IKKINCHI MAQOLA
(“Odamlar orasida” gazetasining 2007 yil 26 aprel sonidan olingan).


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mamlakatimizda ilk bor millionlar o'yiniga oid nashr - «O'zbekiston futboli» gazetasi chop etila boshlanganda nishona soniga mendan erkin mavzu bo'yicha maqola yozib berishni so'rashdi. SHunda men erkin mavzuni bolalar futboliga, aniqrog'i unga bo'lgan munosabatga bag'ishladim. Bu maqola bilan siz gazetamizning avvalgi sonida tanishdingiz. U bilan tanishib chiqqan gazetxonlar u erda hech qanday tanqid yo'qligi, faqatgina katta futbolda dovrug' qozonish uchun birinchi navbatda poydevor mustahkam bo'lishi, yani bolalar futboliga etarli etibor berilishi lozimligi haqida fikr bildirilganini sezishgan bo'lishlari tabiiy. SHunday bo'lishiga qaramasdan, ushbu maqola uchun mutasaddilardan gap eshitganmiz. Ularning nazarida ilk son bayramona ruhda tayyorlanishi lozim edi, biz esa mulohaza yuritgan edik. Mana, oradan 14 yil o'tdi. Bolalar futboliga etibor kuchaysa-kuchaydi, lekin susaymadi. Bu orada Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi tuzildi. Bu ham bolalar futboli rivojiga katta turtki bo'ladi. O'nlab futbol maydonchalari qurilib yosh futbolchilar ixtiyoriga berildi. Jamoalar sport formalari va to'plar bilan taminlandi. Demak poydevor «zarur qurilish materiallari bilan» to'ldirildi. Lekin «devor» va «tom» negadir mustahkam bo'lmayapti. Yani katta futbolimiz biz kutgan natijalarni bermayapti. Bundan 10-12 yil avval Saudiya Arabistoni, Xitoy, Janubiy Koreyani engib qitada eng yuqori o'ringa sazovor bo'lgan jamoamiz hozir Quvaytdan engilmoqda. Baxrayn bilan durangga erishsak do'ppimizni osmonga otayapmiz. Nega bunday bo'lmoqda? Poydevor nega mustahkam bo'lmayapti?

Gap endi «materiallarning» soni emas, sifati to'g'risida bormoqda. Yani biz bo'lajak futbol yulduzlari tayyorlashda qaysi soxalarga etibor bermayotganimiz haqida. Ulardan biri yosh futbolchilarning to'p bilan muomalasi. Jahon chempionatining saralash bahsida Portugaliya termasi rossiyaliklarni 7:1 hisobida yutganini ko'pchiligimiz ko'rganmiz. O'sha to'plardan 5 tasi jarima maydoni tashqarisidan berilgan zarbalar natijasida kiritilgan. Yoki Evropa chempionlar ligasida Yap Stam va Andrey SHevchenkoning «Inter» darvozasiga, shuningdek Dide Drogbaning «Bavariya» darvozasiga boshlari bilan kiritgan to'plarini eslang. Ana shu gollarni ko'rganimizda beixtiyor «nega bizning futbolchipar shunday gollar urisholmaydi» deb o'ksingan bo'lishingiz tabiiy. Bu savollarga javob topish uchun bolalar futbolini borib ko'rishning o'zi kifoya.

Xorijda futbol to'plari hajmi va vazniga qarab 5 guruhga bo'linadi. Yani har bir guruhning o'z o'lchami bor. Masalan 7-8 yoshli bolakaylar 5chi razmerli, 9-10 yoshlilar 4, 11-12 yoshlilar 3, 13-14 yoshlilar 2 va 15 yoshdan boshlabgina o'smirlar biz bilgan 420 grammli to'plarda futbol o'ynashadi. Bolakaylar yoshlariga mos to'plar bilan taminlangandan keyin na olisdan zarba berishga, na bosh bilan o'ynashga cho'chishadi. Yani futbolning ajralmas qismi bo'lgan bu elementlarni ular shakllanayotgan paytlaridanoq o'zlashtirib olishadi. Bizda eng kichik yoshdagi futbolchilar ham kattalar o'ynaydigan to'p bilan maydonga tushishadi. Darvozaga 15-20 metr masofa qolganda to'pni zarb bilan darvoza tomon yo'llash mumkin. Biroq yosh futbolchilar o'z imkoniyatlarini yaxshi bilishadi, yani bu masofadan zarba berilsa, to'p og'irligidan zo'rg'a darvozagacha etib boradi. SHu bois ham ular yanada darvoza tomon intilishadi va faqat yaqin masofadan zarba berishga qaror qilishadi. To'pni 10-15 metr masofadan bosh bilan darvozaga yo'llashda ham xuddi shu muammoga duch kelinadi. Yani bolakaylar baland sakrab bosh bilan zarba berish o'rniga to'p og'irligidan elkalarini qisib boshlarini qo'yishadi. Bunday bosh bilan o'ynashni tasavvur etavering. Ayniqsa, yog'ingarchilik paytida undan-da og'irlashgan to'pni bosh bilan o'ynash... To'pdan boshni olib qochsa murabbiydan eshitadiganini-eshitadi. Olib qochmasa, baribir zarba ko'ngildagidek chiqmaydi. Boz ustiga bunday og'ir to'plarni bosh bilan o'ynash sog'liqqa ham zarar. Biz qurayotgan «poydevor» shu tariqa shakllanadi. Ular katta futbolga ham shu tarzda kirib kelishadi. 8-10 yil shu tahlitda shug'ullanib, shu ruhiyatga moslangan futbolchilar katta futbolda ham olisdan zarba berishmaydi, bosh bilan o'ynash ham malum shaklda qotib ulgurgan bo'ladi.

Aytmoqchimanki, hukumatning tarixiy qarori qabul qilingan paytdan boshlab biz ana shu arzimas bo'lib ko'ringan masalaga ham jiddiy etibor berganimizda, yani futbolchilarni o'z yoshlariga mos ravishda to'plar bilan taminlaganimizda, hozir ular 20-22 ga qadam qo'ygan, yani katta futbolga dadil kirib kelayotgan, futboldagi eng muhim elementlarni o'zida mujassamlashtirgan o'yinchilarga aylangan bo'lishardi.

Jiddiy qaralishi shart bo'lgan masalalardan yana biri - “poydevor”ni “qurayotgan” usta, yani murabbiylar saviyasidir. Jismoniy tarbiya institutining futbol fakultetini har yil o'nlab talabalar bitirishadi. Ularning qanchasi bolalar murabbiyligini tanlashadi? Boshqa viloyatlarni qo'ya turaylik, poytaxtdagi futbol maktablarida faqatgina ROSMM va «Paxtakor» futbol klubi malakali murabbiylar bilan taminlangan. Qolganlarida-chi? SHahar chempionatidagi musobaqalar paytida shogirdlariga qay tariqa ko'rsatma berayotgan ustozlarni ko'rib yoqa ushlaysiz. «Opdinga tep, orqaga qoch, bu nima qilganing - hozir dabdalangni chiqaraman, oyogiga yaxshilab tep, o'shanda boshqa o'tib ketmaydi...» Bu - murabbiylar og'zidan chiqayotgan «ko'rsatmalar». Bazida g'irt mast murabbiylar shogirdlariga ko'rsatma berayotganiga ham duch kelganmiz. Aytmoqchi bo'lganim, bolalar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan taqdirda ham, ularga malakali murabbiy biriktirilmas ekan, ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi.

Bolalarni ortiqcha yuklamalar bilan zo'riqtirib qo'ymaslik, o'tkazilayotgan mashg'ulotlar yosh organizm rivojiga qay tarzda tasir ko'rsatayotganining tahlili, shu va shunga o'xshagan savollarga ijobiy javob olish ham dargumon. Sababi, biz ko'pincha yosh bolalarga ham katta futbolchilarga tegishli mashg'ulotlar o'tkazilayotganining guvohi bo'lamiz. Bu esa bolalar bilan shug'ullanayotgan murabbiylarga alohida licenziya berilishi va ular doimo attestaciyadan o'tib turishlari zarurligini anglatadi.

Xorijda yosh futbolchilar bilan ishlash qay tarzda yo'lga qo'yilgan? Biz bilan o'xshashlik va farqli tomonlari qay darajada? Bu savollarga kelgusi sonda javob izlashga harakat qilamiz.


Abror IMOMXO'JAEV.
(Davomi bor).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика