So’nggi yangiliklar

17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  0 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  3 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  0 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  6 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  0 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  2 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  3 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2

Moziyga qaytib... "Paxtakor" oliy ligada! Yangiliklar

Moziyga qaytib... "Paxtakor" oliy ligada!

Ruknimiz ostidagi avvalgi maqolamizda “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi V. Nosov jamoadan mafiya usulida ketgazilgani haqida hikoya qilgan edik.

Uning o'rniga rossiyalik mutaxassis Fyodor Novikov taklif qilindi. Uzoq yillar davomida "Spartak"  jamoasini boshqargan K. Beskovning yordamchisi bo'lgan Novikov birinchi urinishdayoq "Paxtakor"ni SSSR chempionati oliy ligasiga olib chiqdi. Quyidagi maqolada ana shu haqda so'z boradi.


QOYIL QOLDIK, FYODOR SERGEEVICH!

(“Toshkent haqiqati” gazetasining 1990 yil 27 oktyabr sonidan olingan).

Bu kunni biz - futbol muxlislari olti yil kutdik. Olti yil ichida “Paxtakor” qanchadan-qancha muxlisini yo'qotdi. Eng sodiqlarini esa asabiylashtirdi. Olti yil ichida qanchadan-qancha likopchalar, chinni idishlar chil-chil bo'lgani, qancha radio va «oynai jahonlar» derazadan uloqtirilgani, yana qancha toshoynalar singani malum emas. Kecha esa barcha gina-kuduratlar unutildi. CHunki shu kuni sevimli “Paxtakor” komandamiz oliy ligaga yo'llanma oldi!

O'sha mashum 11 avgustdan so'ng qariyb 11 yil o'tgach, «Paxtakor”ning 11 o'yinchisi so'ngan qalblarimizga yana chiroq yoqdi. «Lokomotiv» (Moskva) bilan bo'lgan o'yinda 11-minutda biz to'p o'tkazib yubordik. Biroq oradan 11 minut o'tgach, to'purarimiz Igor SHkvirin «Paxtakor”ni oldinga olib chiqdi. SHundan so'ng futbolchilarimiz hujumi bir lahza ham to'xtamadi. SHkvirin yana ikki marta to'p kiritib jumhuriyatimiz futboli tarixida yangi rekord o'rnatdi.

Mavsum davomida Igorning kiritgan to'plari 35 taga etdi. SHu paytgacha rekord hozirgi komanda boshlig'i B. Abduraimovda edi. 1972 yilgi mavsumda u raqiblar darvozasiga 34 to'p kiritgan. Mana, kechagi o'yinda shogird ustozdan o'zib ketdi. Oldinda esa yana ikkn uchrashuv bor.

O'sha kuni hamyurtlarimiz 7:2 hisobida golib chiqdilar. Bu mavsumdagi eng yirik hisobdir. Qolgan to'plarni Hasanov, Pyatnickiy, Qosimov va Oganesyanlar kiritishdi. Bo'lib o'tgan 36 uchrashuvda “Paxtakor” raqiblari darvozasiga 76 to'p kiritdi. Bu ko'rsatkich komandamizning hujumkorligini ko'rsatib turibdi.

SHunisi quvonchliki, “Paxtakor” oliy ligaga o'z kuchi bilan chiqdi. Har yili chetdai 4-5 o'yinchi chaqirilar, ular «o'zlarini tutib olishlari» bilan goyib bo'lardilar. Endi esa o'zbek ishqibozining ko'ksi mag'rur. «Paxtakor”ni oliy ligaga Igor, Andrey, Sergey, Aleksandr, Gennadiy, Xorenlar bilan bir qatorda Anvar, Farhod, Ulug'bek, Mirjalol, Quvvat, No'mon, Said va Ilhomlar olib chiqishdi. Bu esa kelajakka umid bilan qarashga asos bo'la oladi.

Albatta, futbol jamoaviy o'yini. Jamoada yaxshi o'yinchilar qancha ko'p bo'lsa, komandaning o'yini shunchalik yaxshi bo'ladi. «Paxtakor»da yaxshi o'yinchilar doimo bo'lgan, biroq biz eng asosiysiga - yaxshi murabbiyga yolchimayotgan edik. Mana, endi bu sohada ham omadimiz keldi.

1986 yilgi Jahon chempionatida bir voqea menda katta taassurot qoldirgan edi. O'sha yili birinchilikdan oldin argentinalik futbol ishqibozlari va jurnalistlar, davlat arboblari va mutaxassislar terma komanda treneri Karlos Bilardoni juda qattiq tanqid qilgan edilar. Karlos esa hech kimning gapiga quloq solmay, o'z bilganidan qolmadi va chempionatda Argentina terma komandasini golib qildi. O'shanda Germaniya Federativ Respublikasi bilai bo'lgan final uchrashuvida o'yingoh uzra katta alvon hilpiragan, unda faqat bir jumla - «Kechir bizni, Bilardo» so'zlari bitilgan edi. Bu katta harf bilan yoziladigan Inson oldida bosh egish edi.

Fyodor Sergeevich Novikov Toshkentga kelganida biz uni noxush qarshi oldik. U hech qachon masterlar komandasida bosh bo'lmaganligi, 64 yoshdaligi, eng muhimi «chetdan kelgan» odam ekanligi g'ashimizni keltirardi. Mavsum davomida u qanchadan-qancha tanalar eshitmadm. A. Abduraimov va M. Bilolovlarni komandadan chetlashtirganida xam, dastlabki safardagi ikki o'yindan zo'rga bir ochko qo'lga kiritilganda ham, birinchi ligadagi eng bo'sh komanda bo'lgan «Kuzbass»ni Toshkentda yuta olmaganida ham biz Novikovni aybladik. U esa o'z bilganidan qolmay ishini davom ettiraverdi. Kecha esa u o'yingohga kirib kelganida muxlislar tik turib qarsaklar bilan qarshi oldilar. Bu ham o'z ishining ustasi oldidagi minnatdorchilik edi.

- Komandaning oliy ligaga aynan shu yili olib chiqishingizni his qilganmidingiz?” - degan savolimizga bosh murabbiy javobi quyidagicha bo'ldi:

  - Albatta ishongandim. Nega desangiz qanday komandani qabul qilib    olayotganimni yaxshi bilardim. Komanda azolari ajoyib yigitlar. Mohir o'yinchilar safini umidli yoshlar bilan to'ldirganligimiz, ularni asosiy o'yinlarga tushirib borganligimiz ishonchimizni oqladi.    


Abror IMOMXO'JAEV

P.S. F. Novikov bilan “Paxtakor” oliy ligada ham muvaffaqiyatli to'p surishi mumkin edi. Biroq unga ishlagani yo'l qo'yishmadi. “Sizni missiyangiz bajarildi, endi ketvurishingiz mumkin" qabilida qo'ng'iroq qilishdi va hudda avvalgi trener V. Nosovga qo'llanilgan usul bilan qo'rqitishdi. Natijada Novikov “Paxtakor”ni tark etishga majbur bo'ldi. Uning o'rniga avval Axrol Inoyatov, mavsum so'nggida esa rossiyalik yana bir mutaxassis Aleksandr Tarxanov tayinlandi. “Paxtakor” SSSR so'nggi chempionatida 14-o'rinni oldi va yana birinchi ligaga ravona bo'lishiga bir bahya qoldi...

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика