So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  7 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  0 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

Moziyga qaytib... Biz pista chaqdik, koreyslar esa... Yangiliklar

Moziyga qaytib... Biz pista chaqdik, koreyslar esa...

“Odamlar orasida” gazetasining 2007 yil 26 aprel sonidan olingan.

Bu yil - o'zbekistonlik futbolchilar uchun o'ta masuliyatli uchrashuvlarga boy. SHu bois muxlislar har qachongidan ko'ra sinchkovlik bilan mavsum o'yinlarini kuzatib borishmoqda. Yangi mavsumga etakchi jamoalarning birmuncha puxta tayyorgarlik ko'rishlari esa chempionat o'yinlariga ham qizg'inlik baxsh etgandek. Ammo men hozir xalqaro uchrashuvlar haqida so'z yuritishni istardim. Zero so'nggi ikki haftada vakillarimizni xorij jamoalari bilan yonma-yon qo'yib qiyoslash imkoniga ega bo'ldik. Ega bo'lganda ham ozmi-ko'pmi jahon talabi darajasida o'ynay oladigan mamlakat vakillariga taqqoslashga sharoit tug'ildi.

Sinchkov o'quvchi qaysi o'yinlar haqida so'z yuritmoqchi bo'lganimni payqagandir. Ha, MHSQda o'tgan ikki uchrashuv va «Al-Saad» - «Neftchi» o'yinlari. So'nggi uchrashuv safarda, buning ustiga arab mamlakatlaridan birida o'tdi. SHu bois ham undagi voqealarga jiddiy etibor bermasligimiz mumkindir. Yana o'sha muammo - hakamning ochiqchasiga yon bosishi, asabga tegadigan simulyaciya va hokazo. SHu o'rinda uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik bilan kelgan bo'lsa ham, «Neftchi»ga xarakter etishmaganini takidlash joiz. Afsuski, bu nafaqat «Neftchi»ga, balki barcha jamoalarimizga tegishli muammo sanaladi. SHuningdek, yuzaga keltirilgan vaziyatlardan foydalanish darajasi ham o'ta past ekanini inkor etib bo'lmaydi. Safarda uchta qulay vaziyat yuzaga keltirish, bu - yuqori daraja. Ulardan umuman foydalana olmaslik esa, aksincha, o'ta past ko'rsatkich. Bizni yupatadigan holat - «Neftchi»da hamon yaxshi imkoniyatning borligi. Mavsum kashfiyotiga aylanishi mumkin bo'lgan darvozabon Hasanovning tobora ishonchli o'yin ko'rsata boshlashi va biz sevgan kombinacion o'yinni yo'lga qo'yishga intilish ham Farg'ona jamoasining yangi mavsumdagi tuhfasi desak xato bo'lmas. Qolaversa, bu yil o'zining 60 yoshini va «Neftchi»da murabbiylik qilayotganining 25 yilligini qarshilash arafasida turgan Yuriy Vazgenovich Sarkisyan mahalliy yigitlardan mustahkam jamoa shakllantirish mumkinligini isbotlab bermoqda.



Endi o'sha MHSQca o'tgan uchrashuvlarga qaytsak. Janubiy Koreya va O'zbekiston olimpiadachilari o'yinidan keyin ko'pchilik muxlislar stadionning «omadsizligi»dan noliy boshlashdi. Keyin bu irim-sirim federaciya vakillariga ham tasir o'tkazdimi, bilmayman, terma jamoa navbatdagi uchrashuvini Buxoro yoki Samarqandda o'tkazadi, degan mish-mishlar paydo bo'ldi. Bu gaplar qanchalik rostligi bizga ayon emas. Gap stadionning «sehrlanganligi»da ham emas. Hamma gap munosabatda! Biz uchrashuv o'tishidan bir kun oldin bu erga kelganimizda atrofi faqatgina Koreya kompaniyalari bannerlari (albatta, ko'pchiligi ularning tilida) bilan o'ralgan maydonda mehmonlarimiz mashg'ulot o'tkazayotganligiga guvoh bo'ldik. O'sha yuksak intizom, kuchli konsentraciya. Jamoa go'yoki o'zi uchun hayot-mamot o'yiniga tayyorgarlik ko'rayotganidan dalolat berardi (Vaholanki, bu o'yin ular uchun emas, aynan biz uchun ana shunday ahamiyat kasb etardi!) Atrofda bironta ham mahalliy jurnalistlar yo'q. Koreyadan kelgan reportyor va TV xodimlari esa qizg'in ish ustida. Ular bu yoshdagi futbolchilar uchun etibor katta ahamiyatga ega ekanligini juda yaxshi bilishadi-da!

Uchrashuv kunidagi holatni-ku, gapirishga ham til bormaydi. Na bir og'zaki informaciya bor, na tablo ishlaydi. Uchrashuv yakunlangach, matbuot anjumaniga o'tish uchun qilgan harakatimizga miliciya xodimlari bo'ralab so'kish bilan barham berishdi. O'tgan safar - «Paxtakor» - «Al-Hilol» o'yinida ham xuddi shu ahvol bo'lgan edi. Ana shunday paytlarda shu kasbni tanlaganingga ham pushaymon bo'lasan, kishi. Bu narsa o'zgarishiga esa ko'z etmaydi. Sababi, birinchi navbatda Federaciya va jurnalistlar o'rtasida bepoyon ummon yuzaga kelgan bo'lib, u o'z Kolumbini kutib yotibdi. Bu borada ikkala tomonda ham etarlicha ayb bor, deb hisoblayman. Xullas, gapirsa gap ko'p. Ammo eng asosiysini unutmasligimiz lozim. Futbol - muhlislar bilan tirik! Futbolchilar ular uchun o'ynashadi, jurnalistlar ham asosan ular uchun mehnat qilishadi. O'sha o'yinda bir holatga etiborimni qaratdim. Hattoki jamoalar tarkibini bilishdan ham mahrum bo'lgan o'zbekistonlik muhlislar pista chaqishga zo'r berishdi (keyin bilsak, kichikkina karnay o'rnatilgan bo'lib, u faqat markaziy o'rindiqdagi mehmonlar uchun eshittirilgan. Aksariyat muhlislar madhiyalarni eshitmaganliklari tufayli o'rnilaridan ham turishmadi. Tablo esa hamon xalqaro uchrashuvlardagi asriy orzumiz bo'lib qolmoqda). Koreyadan kelgan 300ga yaqin muhlis va jurnalistlar esa futbolchilarga «uy sharoiti yaratishda» jonbozlik ko'rsatishdi.



Endi uchrashuvlar haqida ham ikki og'iz. «Paxtakor» - «Al- Hilol» uchrashuvida jamoamiz tanlagan qarshi hujum taktikasi o'zini oqlamadi. Eng qizig'i, bir kun oldin bo'lib o'tgan matbuot anjumanida «Al-Hilol» bosh murabbiyi toshkentliklar tarkibidagi Jeparovga o'yin bermaslik maqsadi borligini ochiq-oydin aytib o'tdi. Natijada u o'z so'zi ustidan chiqdi va Server to'pni hujumchilarga etkazishdan ko'ra raqib qurshovidan halos bo'lishga ko'proq kuch sarfladi. Ikkinchi holat: Ravshan Haydarov o'sha anjumanda «Al-Hilol» birinchi raqam ostida o'ynashni yoqtirishini takidladi. Unda nima sababdan qarshi hujum varianti tanlandi? Ko'rayapsizmi, jamoa asosan noo'rin taktika tufayli eng muhim o'yinda mag'lubiyatga uchradi va endi bu ahvoldan chiqish uchun salkam mo'jiza ko'rsatishi shart. Yana bir tashvishli jihat - «Paxtakor» futbolchilarining aksariyatida charchoq alomatlari sezilayotganday. Agar shunday bo'lsa, iyul oyida o'tadigan Osiyo Qubogida Inileev ham tang ahvolga tushib qolmaydimi? Bu muammo bugunoq tahlil qilinishi lozim. Zero, ertaga kech bo'lishi mumkin.



Olimpiadachilarimiz ham so'nggi ikki uchrashuvdan keyin qiyin ahvolga tushib qolishdi. Janubiy Qoreya bilan uchrashuvda menimcha hujum chizig'idagi futbolchilarimiz ishonchni oqlay olishmadi. Qolaversa, Bikmaev va Afoninlarning maydonga tushishlari ham o'yinimizga salbiy tasir o'tkazdi.

Endi barcha umid yana Qoreyadan. Ular o'z uylarida BAAni engishlari shart. Biz esa Yaman bilan o'yinda sermahsul g'alabaga erishishimiz lozim. BAAda imkoni boricha yutqazmaslik, yoki hech bo'lmasa kichik hisobda yutqazish ham bizni qutqarishi mumkin. Iqlim sharoiti va hakamlar qarshiligini engib yutuqqa erishish esa oson ish emas. Buning uchun hech bo'lmasa Janubiy Koreya darajasida o'ynashimiz kerak bo'ladi.

Bu yilgi futbol mavsumini futbolchilarimiz ko'tarinki ruhda boshlagan edilar. Ularning «plankani» baland o'rnatganlari muhlislar qalbida futbolimizga bo'lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi. So'nggi uchrashuvlardagi muvaffaqiyatsizliklar esa yana ham balandroq sakrash uchun bo'lgan bir oz tislanish bo'lib chiqishini juda-juda xohlardik.




“Odamlar orasida” gazetasining 2007 yil 26 aprel sonidan olingan.

Davlat TURDIALIEV.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика