Mozambikda futbolchi timsoh qurboniga aylandi
19 mar 2017 17:12
Yangiliklar
Mozambikda futbolchi timsoh qurboniga aylandi
Bir necha kun oldin Mozambikda futbolchi timsoh hujumidan vafot etdi.
"Atletiko Mineyro de Tete" havaskor jamoasi futbolchisi Estevao Alberto Jino yirtqich qurboniga aylandi.
19 yoshli o'yinchi Zambezi daryosi sohilida yugurayotganida unga timsoh hujum qildi.
"Timsoh kutilmaganda suvdan chiqib, Estevaoga tashlandi. Uning do'stlari qo'rqib ketdi. Timsoh juda katta edi" - deydi jamoa murabbiyi Edi Karvalo.
Fikrlar