Moyze Kin va PSJ 5 yillik shartnoma imzolashi mumkin
04 may 2021 14:18
Yangiliklar
Moyze Kin va PSJ 5 yillik shartnoma imzolashi mumkin
"Everton" hujumchisi Moyze Kin faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.
Futbolchining angliyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, o'yinchi Parij klubida ayni damda ijara asosida o'ynaydi.
PSJ 21 yoshli forvardning agenti Mino Rayola bilan muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar 5 yillik shartnoma bo'yicha muloqot qilishmoqda. "Everton" Kinni 40-50 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Italiyalikning o'zi PSJda qolmoqchi.
Kin joriy mavsum PSJ libosida 36ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urishga erishdi.
Fikrlar