Moyze Kin ajoyib natija qayd etmoqda
13 apr 2019 19:21
Yangiliklar


Moyze Kin ajoyib natija qayd etmoqda
Italiya A Seriyasining 32-tur doirasida SPAL – "Yuventus" uchrashuvida hisobni ochgan Moyze Kin so'nggi uchrashuvlarni golsiz tark etmayapti.
U o'zi qatnashgan oxirgi 6ta bahsning barchasida gol urgan. Evro-2020 saralashi doirasida 19 yoshli futbolchi Italiya terma jamoasi libosida Finlandiya (2:0) va Lixtenshteyn (6:0) darvozasiga bittadan gol urgan bo'lsa, turinliklar safida chempionat doirasida "Empoli" (1:0), "Kalyari" (0:2), "Milan" (2:1) va SPAL (o'yin davom etmoqda) darvozalariga bir boradan yo'l topgan. ECHLning chorak final ilk bahsi "Ayaks"ga qarshi mehmondagi o'yinda esa u zaxirada qoldirilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar