Moyes: "Deklan Rays hozirda 150 mln funt turadi va bu kamida"
02 apr 2022 13:27
Yangiliklar
Moyes: "Deklan Rays hozirda 150 mln funt turadi va bu kamida"
"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa yarim himoyachisi Deklan Raysning ehtimoliy sotuvi haqida gapirdi.
"Birinchi bo'lib aytish kerak bo'lgan narsa uning sotilmasligidir. Ammo, siz bunga juda ham qiziqsangiz, bu o'tgan yili so'ragan 100 mln funtimizdan qimmat bo'ladi.
U hozirda 150 million funt turadi va bu eng kami. Narx bor, agar kimdir ushbu pulni to'lamoqchi bo'lsa, biz bitimni imzolashga tayyormiz.
Agar aksi bo'lsa, u klubda qoladi", - deydi Moyes.
Fikrlar